2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi
Download 59.36 Kb.
|
2-mavzu k.p. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish metodi.
Hujjatlarni o`rganish metodi – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to`g`risidagi ob`ektiv ma`lumotlarni yig`ish metodi hisoblanadi. Bu ma`lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
-Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga qo`yiladigan talablar; -Insonga psixofiziologik va psixologik ta`sir ko`rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi; -Yoshi, staji, ma`lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo`nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma`lumotlar; -Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog`ligining holati to`g`risidagi ma`lumot5. Mehnat metodi- bu kasbiy faoliyatni to`g`ridan-to`g`ri ish joyida o`rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo`yicha bayonnoma to`ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o`rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo`lishidadir. Kuzatish metodi. Avvalo metodlar haqida ikki og`iz so`z. Metod so`zi - yunoncha methodos bo`lib tadqiqot, tekshirish degan ma`noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo`l, usul so`zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo`llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni to`plashdagi qo`llaniladigan tadqiqot metodalari haqida so`z boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy metodlari turkumidan muhim o`rin egallagan diagnostik xususiyatli metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo`lib hisoblanib, uzoq o`tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo`lib, keng ko`lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob`ekti, ko`lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o`rganish imkoniyati tug`ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o`zgarishlar yuzaga keldi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo`ldi, xolisonalik (ob`ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o`lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qo`llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. _____________ 5 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari,yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: - voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo`nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha «kvantifikasiyalash», ya`ni zarur, birincha darajali jihatlarini saralash); - kuzatishning ko`lami (hajmi), xususiyati va o`ziga xosligini aniqlash, ya`ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko`rinishning o`ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya`ni fransuzcha - lotincha «fiksasiyalash»); Download 59.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling