2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Download 59.36 Kb.
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

Texnik qobiliyatlar deganda-murakkab intellektual qobiliyatlar tushuniladi. Bu qobiliyatlar o`z ichiga keng tasavvurlar, texnik salohiyat va sensomotor malakalarini qamrab oladi. Texnik qobiliyatlar testi-injenerlar, mexaniklarni kasbiy tanlovida keng doirada qo`llaniladi. Bu borada A.A.Beknet va Minnesotski testlari keng tarqalgan7.
Maxsus qobiliyatlarning so`nggi guruhiga A.Anastazi kasbiylashgan qobiliyatlarni kiritadi. Ularni o`lchash uchun tuzilgan testlar faoliyatning ma`lum kasb sohasida shakllantiriladi. AQShda Minnisota shtatida konselariya testi keng ommalashgan bo`lib, tartibni qabul qilish tezligi, ishbilarmonlik atamalar ro`yxatini bilishi, eshitishi, xabardorlik, savodxonlik chiroyli nutqqa egalik kabi qobiliyatlarni aniqlab beradi.
___________
7 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press.

Kasbiylashgan qobiliyatlarga shuningdek, badiiy, musiqaviy, tadqiqiy konstruktorlik, ishbilarmonlik, ijtimoiy va ijrochilik qobiliyatlari kiradi. Yutuqlar testi sinovdagilarning ma`lum bilim, ko`nikma va malakalarini egallanganlik darajasini aniqlab beradi. Iqtidor testlaridan farqli ravishda ular maxsus ta`lim dasturlarining kasbiy tayyorgarlikning ma`lum samaradorligiga, kasb egallashga bo`lgan ta`sirini o`lchaydi. Boshqacha qilib aytganda, yutuqlar testi asosan individning ta`lim yakunidagi so`nggi muvaffaqiyatlarini baholashga yo`naltirilgan.


Insonlarda yutuqlar testining 3 ta shaklini qo`llashadi: harakat testlari, yozma va og`zaki testlar. Bu testlarda aniq kasbiy faoliyatda eng muhim bo`lgan bir qator topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Harakat testlari idoraviy kasblarda (texnik kotiba, mashinistka, stenografist va hokazolarda) keng qo`llaniladi. Yutuqlarning yozma testlari maxsus bilimlar ya`ni, savodxonlik uchun muhim bo`lgan kasblarda ishlatiladi. Mazkur testlar asosiy tushunchalar, mavzulardagi sinfiy belgilar, texnik tavsiflar, formulalarni o`rganilganligini o`lchashga yo`naltirgan. Standartlashgan baholash shakli ob`ektiv harakatga ega bo`lib, guruhiy ishlashga imkon beradi va ko`p vaqtni talab etmaydi. Kasbiy yutuqlarning og`zaki testlari-maxsus kasbiy bilimlarga tegishli bo`lgan standartlashgan savollar seriyasidan iborat. Savollar kasbiy faoliyatni tahlil etish, malakali ishchilarni kuzatish va har qaysi savolning muhimliligi asosida tanlanadi. Yutuqlar testlarini kasbiy salohiyatni baholash maqsadida qo`llanishi AQShda psixologlar attestasiyasi tajribasidan ko`rish mumkin. Psixologlikka imtihon topshirish uchun nomzodlar universitetning psixolog ma`lumotga ega bo`lishlari va diplomli psixolog sifatida 2 yil ishlagan bo`lishlari shart. Imtihon ikki qisimdan iborat. Yettita faoliyat sohasi bo`yicha 100 ta topshiriqni bajarish: klinik psixologik, rivojlanish psixologiyasi, umumiy eksperimental psixologiya, test va statistik tahlil, ijtimoiy psixologiya va psixologik konsultasiya.

Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling