2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari


Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya


Download 20.41 Kb.
bet4/9
Sana21.06.2023
Hajmi20.41 Kb.
#1641939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy ka

Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya – boʼlajak oʼqituvchilar, tinglovchilarda pedagogik jarayonni metodik jihatdan. Toʼgʼri, samarali tashkil etish, oʼqituvchi va oʼquvchi munosabatlarini oqilona yoʼlga qoʼyish, boʼlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash, taʼlim va tarbiya jarayonlarini texnologik yondashuv asosida takomillashtirish, ilgʼor pedagogik texnologiyalarni yaratish va taʼlim amaliyotiga samarali tatbiq etish masalalarini oʼrganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika – imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), koʼr (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan
(oligofrenopedagogika) bolalarga taʼlim berish va ularni tarbiyalashning oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganadi.
Xususiy metodika (xususiy fanlarni oʼqitish) – turli oʼquv fanlari (mas., fizika, matematika, biologiya. kimyo. tarix, huquq, jismoniy tarbiya va h.o.lar)ni oʼqitishning oʼziga xos jihatlarini tadqiq qiladi.
Kasbiy pedagogika – turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yoʼnalishlarida tegishli soha (mas., qishloq xoʼjaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat koʼrsatish tizimini takomillashtirish va boshqalar) boʼyicha kasbiy faoliyatni samarali yoʼlga qoʼyish yoʼllarini oʼrganadi.
Taʼlim menejmenti – taʼlim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi.
Qiyosiy pedagogika – taʼlimning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi rivojlanishining umumiy va alohida tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini oʼzaro solishtirish, qiyoslash asosida oʼrganadi, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar almashinuvining shakl va usullarini aniqlaydi.
Pedagogik innovatika – taʼlim subʼektlari nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo boʼlish, rivojlanish qonuniyatlarini hamda pedagogik anʼanalar bilan kelajak taʼlimining loyihalashtirilishi oʼrtasidagi aloqalarni oʼrganadigan fan.

Download 20.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling