Harbiy pedagogika – harbiy taʼlimning oʼziga xos jihatlarini, uni tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalari, ilgʼor texnologiyalarini, harbiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yoʼllarini ochib beradi.
Hamkorlik pedagogikasi – turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining taʼlim beruvchi hamda oluvchilar oʼrtasidagi oʼzaro muloqot asosida samarali oʼrganish mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalarini koʼrsatib beradi. 30
Neyropedagogika – inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni
tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, shuningdek, yangi turdagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Pedagogik texnika – nopedagogik OTM pedagoglarini pedagogik mahorat va pedagogik texnika asoslari bilan tanishtirish orqali ularda taʼlim jarayonini sifatli, samarali tashkil etish koʼnikma, malakalarini rivojlantirish masalalarini oʼrganadi.
Pedagogik kvalimetriya – taʼlim sifatini izchil nazorat qilish va samarali boshqarishga oid muammolarni tadqiq etadi.
Pedagogik jarayonlarning tizimli tahlili – pedagoglarda taʼlim va tarbiya jarayonlarining mohiyatini yaxlit tizim sifatida anglash, turli, shu jumlaan, muammoli vaziyatlarni yaxlit, izchil tahlil qilish malakalarini rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Pedagogik prognostika va pedagogikaning istiqbolli yoʼnalishlari – mavjud sharoitda pedagogik turkum fanlarni sifatli oʼqitish, taʼlim va tarbiya jarayonlarining samaradorligini oshirish muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish yoʼllarini izlash, istiqbolli yoʼnalishlarini belgilash masalalarini tahlil etadi.
Pedagogik jarayonni boshqarishda qarorlar qabul qilish – pedagoglar tomonidan taʼlim va tarbiya jarayonlarining izchil, tizimli, samarali boshqarilishini taʼminlash, mavjud pedagogik vaziyatlarda tizimli tahlil asosida oqilona qarorlar qabul qilinishiga erishish masalalarini oʼrganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |