2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari


Suhbatning samarali kechishini taʼminlovchi shartlar


Download 20.41 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi20.41 Kb.
#1641939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy ka

Suhbatning samarali kechishini taʼminlovchi shartlar:





  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar oʼrtasidagi mantiqiylik va izchillikni taʼminlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;




  1. suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;




  1. suhbatdosh toʼgʼrisida avvaldan muayyan maʼlumotlarga ega boʼlish;




  1. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda boʼlish;




  1. suhbatdoshning oʼz fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;




  1. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;




  1. olingan maʼlumotlarni oʼz vaqtida tahlil qilish




  1. Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qoʼllashdan koʼzlangan maqsad tanlangan shaxs tomonidan kreativlik sifatlari, imkoniyatlari va malakalarining oʼzlashtirish darajasini aniqlashdan iborat boʼlib, pedagog tomonidan ilgari surayotgan gʼoyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.

  2. Pedagogik-psixologik tashxis metodlari. Bu kabi metodlar shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil etish koʼnikmalariga egaligini tashxislash hamda baholashga xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shaxsning kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyatni tashkil etish koʼnikmalariga egaligini tashxislashda oʼnlab metodlar qoʼllanilmoqda. Ular orasida bir guruh metodlar amaliy jihatdan samarali boʼlib, ular rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng qoʼllanilmoqda. Gauenaning “Zahiraviy model”, Slosson testi, Vekslerov shkalasi. Vekslerov shkalasi (“WPPSI” testi), boshlangʼich maktablar uchun moʼljallangan Stanford testi hamda Torrens testlari (jumladan, “Tugallanmagan rasmlar testi) shular jumlasidandir.

  3. Pedagogik tajriba (lot. “eksperiment” – “tajriba qilib koʼrish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini oʼrganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oʼz inʼikosiga ega boʼla olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud.

Pedagogik tajriba
Tabiiy tajriba

Laboratoriya (maxsus) tajribasi Tajriba ishi


4-rasm. Pedagogik tajriba turlari

Pedagogik tajribalarni amalga oshirishda asosiy eʼtibor ularning samarali kechishiga qaratiladi. Bunda esa bir qator shartlarni inobatga olish lozim. Yaʼni:


Pedagogik tajriba samaradorligini taʼminlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot obʼektlari va usullarining toʼgʼri tanlanishi; tajriba oʼtkazilish vaqti va davomiyligining aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba maʼlumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

  1. Аnketa (fr. “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida toʼplangan dalillar boyitiladi. Metod tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi.

Download 20.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling