2-mavzu: Linux baziviy komandalari va utilitalari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Fayllar bilan ishlash
rm – Faylni o`chirish
rm(remove) utiliti faylni o`chirishga xizmat qiladi. Ushbu buyruqni amalga oshirish quyidagichadir: rm buyruq utiliti probel bilan ajratilgan holda fayl nomi keltiriladi hamda enter tugmasi bosiladi. rm buyrug`ini xavfsiz holda keltirilgan variant: $ rm –i toolist rm: remove regular file ‗toollist‘? y Yuqorida keltirilgan misolda toollist deb nomlangan faylni xavfsiz holda o`chirish yo`li keltirilgandir. Bunda rm dan so`ng kelgan –i buyrug`i orqali faylni o`cherish uchun ha yoki yo`q degan tanlash imkoni beriladi. less ls more: Matn faylni bitta ekranda chop etish Uzungligi bitta ekrandan katta bo`lgan faylni ko`rishni xoxlasangiz, less utilitisini yoki more utilitisini ishlatishingiz mumkin. hostname: Tizim nomini ekranga chop qilish hostname utiliti ishlab turgan tizimingizni nomini ekranga chop qilib beradi. Ushbu utilitani ishonchingiz komil bo`lmagan tizimga kirgan bo`lganingizda ishlatishingiz mumkin. $hostname bravo.example.com 2.2. Fayllar bilan ishlash 6 Ushbu bo`limda fayllar ustida qidirish, ko`chirish, tartiblash, solishtirish, chop qilish utilitalari o`z ichiga oladi. Buyruqlar satri orqali faylning bir yoki undan ortiq harfini yozgandan so`ng TAB tugmasini bosgandan keyin faylning to`liq nomini avtomatik tarzda kompyuter tomonidan buyruqlar satriga yoziladi. cp: Faylni nusxalash cp(copy) utiliti fayldan nusxa olishga xizmat qiladi. Bu utilita orqali istalgan turdagi fayldan nusxa olish mumkin. Ushbu buyruqni amalga oshirish uchun quyidagilarni buyruqlar satriga yozish talab etiladi: 6 A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark G. Sobell, U.S. Corporate and Government Sales, pages 151-157. cp fayl_nomi fayl_manzili Bu yerda fayl_nomi bu nusxa olinishi kerak bo`lgan fayl, fayl_manzili esa shu fayl joylashgan manzil hisoblanadi. $ ls memo $ cp memo memo.copy $ls memo memo.copy Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling