2-mavzu: Linux baziviy komandalari va utilitalari


unix2dos: Linux va Macintosh operatsion tizimidagi fayllarni Windows


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana29.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1307094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-ma\'ruza

unix2dos: Linux va Macintosh operatsion tizimidagi fayllarni Windows
OT ga konvertlash
Agar siz Linux tizimida yaratilgan matn faylni Windows yoki Macintosh OT
da ishlaydigan biror kishi bilan ulashmoqchi bo`lsangiz faylni konvertlashingiz
kerak bo`ladi. unix2dos utilitasi Linuxdagi matn faylni Windows yoki Macintosh



dagi operatsion tizimga konvertlaydi. Quyidagi misolda memo.txt (editor orqali
yaratilgan faylfaylni DOS format faylga konvertlaydi:
$ unix2dos memo.txt
Hech qanday boshqa variantlarsiz unix2dos original faylni ustiga yozadi.
So`ng esa siz ushbu faylni email orqali Windows yoki Macintosh tizimida
ishlaydigan biror kishiga jo`natishingiz mumkin.
Dos2unix
dos2unix utilitasi Windows yoki Macintosh dagi faylni Linux tizimida o`qiy
olinishi uchun konvertlashda ishlatiladi.
$dos2unix memo.txt
Matn faylni Windows yoki Macintoshdan Linux OT ga o`tish uchun tr
buyrug`ini ham ishlatsangiz bo`ladi. Quyidagi misolda, -d variant bilan keltirilgan
tr buyrug`I RETURNS larni o`chirishga yordam beradi
$ cat memo | tr –d ‗\r‘ > memo.txt
Bu yerda katta (>) belgisi memo.txt faylning standart chiqishi ga
yo`naltiradi. Unix2dos I ishlatmasdan turib faylni konvertlash oson emas.
2.4. Fayllarni siqish va arxivlash
8
Katta fayllar diskdan ko`p joyni egallaydi va kichkina fayllarga qaraganda
tarmoq orqali bir tizimdan boshqa tizimga ma`lumot uzatilayotganda ko`p vaqtni
oladi. Agar sizga katta fayllardan tez tez foydalanish kerak bo`lmasa , siz ularni
CD , DVD diskda saqlashingiz mumkin yoki ularni qattiq diskdan o`chirishingiz
mumkin. Agar siz faylni davom ettirmoqchi bo`lsangiz, ularni CD diskdan
ko`chirib olishingiz biroz noqulaylik tug`diradi. Fayllarni diskda egallab turgan
joyini kamaytirish uchun ularni to`liq o`chirmasdan turib, siz faylni biror bir
ma`lumotini yo`qotmay turib faylni siqib qo`yishingiz mumkin.
Bzip2 utilitasi faylni analiz qilish orqali siqadi va uni qaytadan yaxshi
kodlashtiradi. Faylning yangi ko`rinishi tubdan farq qiladi. Ma`lumotga ko`ra,
yangi faylda ishlatilmaydigan belgilar ko`p uchraydi. Umuman olganda bzip2
utilitasi ko`p takrorlanadigan ma`lumotli fayllar uchun ishlaydi, jumladan matn va
rasmli ma`lumotlar, shuningdek ko`plab rasmli ma`lumotlar allaqachon siqilgan
holda bo`ladi.
Quyidagi misolda zerikarli faylni ko`rsatishgan. Har 8000 chi qatorda 72 ta e
harfi va yangi qatorga o`tuvchi belgidan tashkil topgan. Faylning sig`imi diskning
bir yarim megabaytdan qismini tashkil qiladi.
8
A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition,
Mark G. Sobell, U.S. Corporate and Government Sales, pages 161-166 .



$ ls –l
-rw-rw-r-- 1 sam sam 584000 Mar 1 22:31 letter_e
Fayl to`g`risida ko`p ma`lumot ls – l yordamida ekranga chiqariladi.Bu
yerda letter_e degan fayl 584,000 baytni tashkil etadi. Bzip2 ning –v (--verbose)
variant yordamida faylning hajmini qanchaga kamaytirish borasida hisobot beradi.
Bunda fayl 99,99 % ga kichrayadi.
$bzip2 –v letter_e
letter_e: 11680.00:1, 0.001 bits/byte, 99,99% saved, 584000 in, 50 out.
$ ls –l
-rw-rw-r-- 1 sam sam 50 Mar 1 22:31 letter_e.bz2
Kichraygandan so`ng fayl 50 baytni tashkil etdi.Bzip2 utilitasi orqali faylni
nomini .bz2 kengaytmali faylga o`zgartirish mumkin.Bu nom faylni siqilganini
,buni qaytadan ochmasdan turib ko`rib yoki pechatga berib yuborishdan eslatib
turadi. Quyidagi haqiqatga yaqin bo`lgan misol zach.jpg nomli kompyuter
grafikali rasm berilgan:
$ls –l
-rw-r--r—1 sam sam 33287 Mar 1 22:40 zach.jpg
Bzip2 utilitasi orqali ushbu faylni hajmini faqat 28 % ga kamaytirish
mumkin chunki rasm allaqachon siqilgan formatda:
$ bzip2 –v zach.jpg
zach.jpg: 1.391:1, 5.749 bit/byte, 28.13% saved, 33287 in, 23922 out.
$ls –l
-rw-r--r-- 1 sam sam 23922 Mar 1 22:40 zach.jpg.bz2

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling