2-mavzu: Linux baziviy komandalari va utilitalari


mv: Fayl nomini o`zgartirish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana29.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1307094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-ma\'ruza

mv: Fayl nomini o`zgartirish
mv(move) utiliti orqali fayldan nusxa olmasdan turib uning nomini
o`zgartirish mumkin.
mv existing-filename new-filename
Bu yerda existing-filename bu mavjud o`zgartirilishi kerak bo`lgan fayl
hisoblanadi, new-filename esa mavjud faylga yangi nom hisoblanadi.
$ls
memo
$mv memo memo.0130
$ls
memo.0130
Yuqoridagi rasmda memo bu eski fayl nomi, o`zgartirishdan so`ng esa
ushbu faylning nomi memo.0130 ga o`zgardi.
lpr: Faylni chop etish
lpr(line printer) utiliti orqali bir yoki bir nechta fayllarni printer uchun
pechatga berishimiz mumkin. Bunda printer uchun pechatga berilgan barcha
fayllar navbatda turadi. Linux da printer uchun pechatga beriladigan
fayllardan bitta printerdan turib doimiy ravishda bir necha kishi chiqartirib
olishi mumkin. Ya`ni bunda bir necha kishi bitta printerga so`rov amalga
oshirish imkoniyati mavjuddir. Lpstat –p orqali tizimda mavjud bo`lgan
printerlarning ro`yhatini olishimiz mumkindir.
Lpstat –o orqali printerga chiqartirish uchun berilgan fayllar haqida
ma`lumotlar olish imkoniga ega bo`linadi.
$ lpq
lp is ready and printing
Rank
 Owner 
 
Job Files 
 
 
Total Size
Active
alex
 
86(standard input)
954061 bytes



Lprm utiliti orqali pechatga berilgan faylni navbatdan o`chirib tashlash
mumkin.
$ lprm 86
grep: Satr bo`yicha qidirish
grep utilitisi orqali bir yoki bir nechta fayllarning ichidan qidirilayotgan satr
yoki belgini qidirish mumkin. Ushbu utilita faylga hech qanday o`zgartirish
kiritmasdan turib qidirilayotgan satr yoki belgi mavjud bo`lgan qatrlarni ekranga
chop qiladi.
$ cat memo
Helen:
In our meeting on June 6 we
discussed the issue of credit.
Have you had any further thoughts
about it?
Alex
$ grep ‗credit‘ memo
discussed the issue of credit.
Bu yerda cat utilitasi orqali memo degan matn faylida mavjud matn ekranga
chop qilindi. grep utilitasi orqali esa credit degan so`zni memo degan fayldan
qidirish nazarda tutilyapti. Natija sifatida esa qidirilayotgan so`z qatnashgan qator
ekranga chop qilinyapti.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling