2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi


Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko`rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog`ining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi


Download 25.61 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1582826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 Mavzu

Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko`rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog`ining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi.
Qayd etilganidek, ma'muriy huquq tartibga solishning o`z predmetiga ega bo`lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o`zining vazifalari, maqsadli yo`nalishi va namoyon bo`lish shakllari bilan farq qiladi.
Ma'muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko`rsatmalar xosdir. Ma'muriy munosabatlarning boshqa tomoni ushbu ko`rsatmaga bo`ysinishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko`rsatmalari yordamida davlat amalda o`zining boshqaruv faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi.
Ma'muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo`lib, u bir tomonning o`z xohish-irodasini bildirishidir.
Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma'muriy munosabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko`rsatilgan organlarning o`z xohish-irodasini bildirishi - bir tomonlama va majburiy bo`lishi yaqqol ko`rinadi. Bunda, davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi.
Aynan mana shu sababli ma'muriy huquqning asosiy uslubi, ya'ni ma'muriy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta'sir ko`rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko`rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo`llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo`lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi.
Shunday qilib, ma'muriy huquq predmeti bilan ma'muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o`ziga xos birlashuvi ma'muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog`iga ajratish imkonini beradi.
Har qanday mustaqil huquq tarmog`iga uning butunligi, tizimliligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma'muriy huquqda yaqqol namoyon bo`ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi - huquq tarmog`ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o`zaro aloqasini belgilab beradi.
Ma'muriy huquq - huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo`lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo`llashi lozim. Huquq tarmog`i ichida turli yuridik kuchga ega bo`lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo`ysinuvi) mavjud bo`ladi.
Ma'muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma'muriy-huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling