2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi


Ma'muriy huquq tizimi - ma'muriy-huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi


Download 25.61 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1582826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 Mavzu

Ma'muriy huquq tizimi - ma'muriy-huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, “ma'muriy huquq tizimi”dan “ma'muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma'muriy huquq fani tizimi ma'muriy huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:
ma'muriy-huquqiy normalar - ma'muriy huquq fani tizimining boshlang`ich elementi bo`lib, davlat tomonidan o`rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma'muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir;
ma'muriy-huquqiy institutlar - ma'muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma'muriy-huquqiy institutlar - ma'muriy-huquqiy normalarning uncha katta bo`lmagan barqaror guruhi bo`lib, ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma'muriy huquq tarmog`i o`z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo`lagi sifatida namoyon bo`ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, ma'muriy-huquqiy institutlar ma'lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi;
ma'muriy huquq fani bo`limlari (guruhlar) - ma'muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo`lib, o`zida bir necha ma'muriy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma'muriy huquq fani tizimida o`zaro yaqin (o`xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma'muriy-huquqiy institutlar birlashib, ma'muriy huquq fanining bo`limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat boshqaruvining o`ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiplari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma'muriy-huquqiy institutlar o`zining yaqinligiga qarab yagona bo`limga birlashgan.)
Har qanday huquq fani singari ma'muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo`lingan:
1) umumiy qism - bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma'muriy-huquqiy normalar (ma'muriy-huquqiy institutlar, bo`limlar) nazarda tutilgan. Ma'muriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat:

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling