2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi
davlat boshqaruvi tushunchasi, o`ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari
Download 25.61 Kb.
|
2 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mamuriy huquqning turdosh tarmoq huquqlari bilan o`zaro munosabati.
davlat boshqaruvi tushunchasi, o`ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari;
davlat boshqaruvi subyektlari va ularning huquqiy maqomi; davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari; ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik; ma'muriy jarayon; davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta'minlash; 2) maxsus qism - bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma'muriy-huquqiy normalar (ma'muriy-huquqiy institutlar, bo`limlar) ko`rsatib o`tilgan bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi: iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, yo`l xo`jaligi, xizmat ko`rsatish sohalari); ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta'lim, fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, sog`liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish); ma'muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya); tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va h.k.lar). 2. Ma'muriy huquqning turdosh tarmoq huquqlari bilan o`zaro munosabati. Ma'muriy-huquqiy normalar ko`p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari - huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo`lishining shakllari hisoblanadi. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o`rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma'muriy-buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish - bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Bizga ma'lumki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo`lib o`tgan o`n ikkinchi chaqiriq o`n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - ma'muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang`ich huquqiy asoslarini belgilab bergan. Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O`zbekiston - suveren demokratik respublika, deb ko`rsatilgan. Mazkur moddada o`zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya'ni O`zbekiston suveren davlat ekanligi ko`rsatib o`tilgan. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling