2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi
Download 25.61 Kb.
|
2 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mamuriy huquq manbaalari, tushunchasi va ularning turlari. Ma’muriy huquq tizimi.
O`zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini tartibga solishda davlat organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi Nizom va Ustavlar ham ma'lum bir ahamiyatga ega.
Nizom - muayyan davlat tuzilmalarini (masalan vazirliklar, davlat qo`mitalarining) tashkil etish tartibini, tuzilishini, vazifasi, funksiyasi va vakolatlarini belgilab beruvchi majmuiy tizimlashtirilgan aktdir. Jumladan, O`zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari o`z faoliyatlarini qonunlar hamda nizomlar asosida amalga oshiradilar. Nizom - boshqaruv aktlarining eng ko`p tarqalgan turlaridan biridir. Nizom muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga taalluqli va yuridik kuchi yuqoriroq bo`lgan nizomlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ustav - boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora va tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o`zida aks ettiruvchi aktdir. Boshqaruv sohasida bevosita ishtirok etuvchi ko`pgina davlat idoralarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning faoliyati tegishli tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ustavlar asosida tartibga solinadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasini boshqaruvchi - O`zbekiston Milliy Aviakompaniyasining faoliyati Ustav asosida tartibga solinadi. 3. Ma'muriy huquq manbaalari, tushunchasi va ularning turlari. Ma’muriy huquq tizimi. Boshqaruv jarayonida turli xildagi huquq normalari ta'siri ostida bo`ladigan va ma'muriy huquq predmeti doirasiga kirmaydigan munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa, O`zbekiston Respublikasi huquq tizimi turli tarmoqlarining o`zaro munosabati vujudga keladi. Ma'muriy huquq fani konstitutsiyaviy huquq va moliya huquqi fanlariga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu huquq tarmoqlari o`zining tartibga solish predmeti (ijtimoiy munosabatlar doirasi) va o`ziga xos xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquq tizimida alohida o`rinni egallaydi. Unda davlatning ijtimoiy tuzilishi va davlat siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ekrinliklari va burchlari ifodalanadi. Konstiutsiyaviy hukuk fanining predmeti ma'muriy huquq fanining predmetidan kengdir. Jumladan, konstitutsiyaviy huquq barcha davlat organlari uchun umumiy bo`lgan tashkil etish va faoliyat ko`rsatish prinsiplarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq normalari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo`llashni tartibga soladi. Konstitutsiyaviy huquq fukarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq esa ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradi, yanada aniqlashtiradi; fuqarolarning huquqiy maqomini boshqa huquq va majburiyatlar bilan to`ldiradi; fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon konstitutsiyaviy hukuk normalari bilan tartibga solingan. Ma'muriy huquq esa, mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko`rib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi. Ma'muriy huquq moliya huquqi bilan ham bog`liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya'ni davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida pul mablag`lari jamg`armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Moliya huquqining asosiy vazifasi O`zbekiston Respublikasi milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Davlatning moliyaviy faoliyati o`z mazmuniga ko`ra davlat boshqaruvining bir ko`rinishi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olganda, moliya huquqining tartibga solish predmeti ma'muriy huquqqa qaraganda torroqdir. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling