2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi
Download 25.61 Kb.
|
2 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamuriy huquq jinoyat huquqi bilan ham chambarchas bog`liq.
Ayrim hollarda davlat boshqaruv organlari davlat organi sifatida emas, balki fuqarolik huquqi normalari asosida harakat qiluvchi - yuridik shaxs sifatida namoyon bo`ladi.
Demak, jamiyatda vujudga keladigan ayrim ijtimoiy munosabatlar ma'muriy huquqning ham fuqarolik huquqining ham tartibga solish predmeti tariqasida namoyon bo`lishi mumkin. Lekin bu munosabatlar turli xildagi tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqida ishtirok etuvchi tomonlar teng huquqlarga ega bo`ladi. Ma'muriy huquqda esa, hamma vaqt bir tomonda davlat organi (mansabdor shaxs) ishtirok etganligi sababli, munosabat ishtirokchilarining biri ikkinchisiga nisbatan ustun turadi, ya'ni davlat manfaatini ko`zlab harakat qilayotgan tomon ikkinchi tomonga majburiy bo`lgan ko`rsatmalarni beradi. Ba'zi bir ma'muriy huquq normalari mehnat huquqi normalari bilan o`zaro bog`liq. Ma'muriy huquq normalari mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlarining (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari) vakolatini belgilab beradi. Mehnat munosabatlari sohasidagi boshqaruv aktlarining mazmunini mehnat huquqi, ushbu aktlarni chiqarish tartibini ma'muriy huquq belgilaydi. Masalan, fuqaro korxona bilan mehnat shartnomasini tuzganida mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga kirishadi. Korxona rahbarining xodimni ishga qabul qilish to`g`risida chiqargan buyrug`i - ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadi. Davlat apparatidagi xizmat ma'muriy huquq tomonidan ham, mehnat huquqi tomonidan ham tartibga solinadi. Ma'muriy huquq jinoyat huquqi bilan ham chambarchas bog`liq. Ma'muriy huquq o`zida ko`pgina umummajburiy bo`lgan qoidalarni (masalan, yo`l harakati, pasport tizimi, sanitariya va h.k.lar) mujassamlashtiradi. Ma'muriy huquq fani qanday huquqbuzarliklar ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ularni ko`rib chiqish tartibini, ma'muriy javobgarlik va jazoni belgilab beradi. Jinoyat huquqi esa, qanday xatti-harakatlar jinoyat hisoblanishi va bular uchun qanday jinoiy javobgarlik choralari qo`llanilishini belgilab beradi. Bu ikki huquq tarmog`i bir-birining normalarini harakatga keltirishi mumkin. Masalan, takroran ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish jinoiy javobgarlik normalarini, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan qilmishlar esa ma'muriy javobgarlik normalarini harakatga keltiradi.4 Demak, ma'muriy huquqning O`zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o`rni va ahamiyatini aniqlash maqsadida, uni huquq tizimining boshqa tarmoqlari bilan o`zaro munosabatini, ya'ni bir-biriga o`xshash hamda o`ziga xos xususiyatlarini aniqlab olish lozim bo`ladi. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling