2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja
Download 463 Kb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза -2
П. И. Борисковский. Древнейшее прошлое человечества. 2 изд. М. 1980 г
2 Дж Кларк. Доисторическая Африка. М., 1977 г. Amerika hindularining madaniyati va tilini, etnografiyasini o‘rgangan olimlar ba’zi bir hindu qabilalari tilida bu yulduz turkumlarini «ayiq» deb atalishini aniqlaganlar, ammo e’tibor berishmagan. Yevropaliklarning ta’siri bo‘lsa kerak, deb qo‘ya qolishgan. Lekin kompyuterlar ancha rivojlangan XX asrning 70 yillarida tilning kelib chiqishi va atamalar shakllanishi bilan qiziqib yurgan olimlar bu o‘xshashlikka jiddiy yondashib, astronomlarga murojaat qilishgan: mazkur yulduz turkumlarining kompyuterda bir necha o‘nming yillar burungi osmondagi joylashuvi, koordinatlari aniklansa, ayiqni eslatadigan holat kelib chiqmaydimi? Aytish lozimki, osmondagi barcha jismlar, jumladan, yulduzlar ham doimiy harakatda. Faqat yulduzlar bizdan juda uzoq joylashgani uchun ularning bir-ikki asr, hatto ming yillar davomidagi holati o‘zgarmasdek tuyuladi. Aslida aksariyat yulduzlarning harakat tezligi va koordinat chiziklari fanga yaxshi ma’lum. Astronomlar Katta ona ayiq va Kichik ayiq yulduzlarining tezligi, harakat chizig‘ini kompyuterlarga solib ortga aylantirsalar, haqiqatan bundan 200 ming yildan to 60 ming yilgacha ilgari ular osmonda ayiqni eslatadigan holatda ekan. Shu bois turli dinlarga, turli madaniyatlarga oid, bir-biridan nihoyatda yiroq va o‘zaro aloqa qilmagan xalqlarda, agar arxaik atama saqlab qolingan bo‘lsa, bu turkumlar hozirgacha «ayiq» deb ataladi. Vaholanki, ularning hozirgi ko‘rinishi ayiqni mutlaqo eslatmaydi. Demak, bu turkumlarga nomni shimoliy yarimsharda yashagan qadimgi odam, balki neandertal odam bergan. Neandertal odamda falakiyot asotirlari yoki shunga o‘xshash tasavvurlar bo‘lgan. Falakiyot to‘g‘risida qarashlar vujudga kelgan joyda, albatta, undan oldin kundalik maishiy turmush, jonsiz tabiat va uni bevosita o‘rab turgan hayvonot va o‘simliklar dunyosiga nisbatan qarashlarini ifodalovchi rivoyatlar, afsonalar, ertaklar, asotirlar shakllanadi. Bular hammasi ma’naviyat unsurlaridir. Odamlar yovvoyilikdan ongli turmush kechirishga o‘tishi, podani urug‘- jamoaga aylanib, jamiyat paydo bo‘lishi jarayonida o‘z munosabatlarini asta- sekin tartibga sola boshlaganlar. Dastlab onalar va bolalar, otalar va qizlar, akalar va singillar o‘rtasidagi jinsiy aloqalar taqiqlangan, so‘ng boshqa taqiqlar va majburiyatlar paydo bo‘lib, yaxlit sinkretik ong doirasidagi axloqiy, diniy qarashlarda va urf-odatlarda tizimlashgan. Tabiatga munosabat ham tizimlashib borgan. Natijada ilk ibtidoiy xulq-atvor me’yorlari, marosimlar, ilk diniy tasavvurlar vujudga kelgan. Ular avloddan-avlodga o‘tib, boyib, takomillashib, murakkablashib borgan. «Hayot nima, tirik jon qaerda joylashgan?», «Kishi o‘lganidan keyin, joni qayoqqa ketadi?» kabi savollar inson ongi o‘sgan sayin paydo bo‘lavergan. Qadimgi odam, balki kramonon odam, jonning manbai – ruh, qalb degan xulosaga kelgan: inson yuragi bilan emas, balki qalbi bilan hayvondan farq qiladi. Shundan buyon inson ruhning sir-asrori, voqeligi to‘g‘risida mulohaza yuritadi, o‘y o‘ylaydi. Bular uning aqliy, ijodiy faoliyati natijalarida aks etadi: asotirlarda, dinda, falsafada, odob-axloqida, san’atda va h.k. Download 463 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling