2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja


Ma’naviyat vujudga kelishi to‘g‘risida boshqa nazariyalar


Download 463 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.02.2023
Hajmi463 Kb.
#1214102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маънавият маъруза -2

Ma’naviyat vujudga kelishi to‘g‘risida boshqa nazariyalar.
Ma’naviyatning kelib chiqishi, dunyoqarashning rivojlanishi faqat birgina 
«mehnat nazariyasiga» bog‘lanmaydi. San’atning, ma’naviyatning ba’zi shakllari 
kelib chiqishi va rivojlanishida mehnat muhim rolni o‘ynagan bo‘lsada, u yagona 


omil emas. Ong va mehnat birgalikda shakllangan. Ongning vujudga kelishiga va 
rivojlaniishga mehnat qanchalik hissa qo‘shgan bo‘lsa, mehnatning vujudga 
kelishi va rivojlanishiga ham ong shunchalik hissa qo‘shgan. Chunki mehnatning 
o‘zi shunchaki ish emas, balki biror narsani qayta ishlashga qaratilgan ongli
maqsadga muvofiq harakatdir. Ong yo‘q joyda mehnatning o‘zi yo‘q. Ongning 
ma’naviyatning negizi va tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutsak, ma’naviyat bir 
vaqtning o‘zida nafaqat mehnatning, shuningdek ongning, tafakkurning asosida 
rivojlanganini payqaymiz. 
Ong va nutq, til va tafakkur mushtarak hodisalardir. Ongsiz nutq, nutqsiz 
ong shaqllanishi mumkin emas. Lekin ilm-fanda qaror topgan qarashlarga 
muvofiq, odamlarning dastlabki o‘zaro muloqotlari, fonetik nutq asosida emas, 
balki turli uzun-qisqa baqiriq, chaqiriqlar jo‘rligidagi imo-ishoralar yordamida 
amalga oshirilgan. Ov qilish, xayvonlarga pistirma uyushtirib, ularni pistirma 
tomon haydash, o‘zini xavf-xatardan, dushmandan himoya qilish maqsadida hali 
«tilsiz», biologik evolyusiyasi davom etayotgan, lekin ongsiz hayvondan keskin 
farq qiladigan qadimgi odamlar (avstralopitekdan neandertal odami paydo 
bo‘lgunga qadar) pantomima (imo-ishoralar), raqs yordamida, ya’ni san’at 
unsurlari 
yordamida 
«so‘zlashganlar», 
jamoaviy 
xatti-harakatlarini 
muvofiklashtirganlar. Etnograf olimlar ibtidoiy qabilalarda raqs yordamida ovdan 
qaytayotan erkaklar butun ov jarayonini ypyg‘doshlariga «so‘zlab» berganini 
yoki ov oldidan bir necha erkaklar ovda kim qanday harakat qilishini kelishib 
olishlarini batafsil yozib qoldirganlar. 
Ibtidoiy raqslar asosan plastik tasvir unsurlaridan iborat. Ularda ov (ishlab 
chiqarish), mehnat jarayoni, jangovar xatti-harakatlar, o‘zini himoya qilish, ovga 
(dushmanga) hamla qilish, yakkama-yakka olishish va sh.k.lar pantomima orqali 
tasvirlanadi. Olimlar raqs yosh avlodga ov va mehnat qilishni, jang qilishni 
o‘rgatishning ilk shakli deb hisoblaydilar. Shu sababdan g‘arb ilm-fanida 
ma’naviy madaniyat vujudga kelishining nafaqat «mehnat nazariyasi», 
shuningdek, «o‘yin nazariyasi» (Y. Xeyzinga, X.Ortega-i-Gasset, Ye. Fink) 
mavjud. To‘g‘ri, e’tirof etish lozimki, Fapb ilm-fanida so‘z asosan 


ma’naviyatning vujudga kelishi haqida emas, balki madaniyat kelib chiqishi, 
inson ongi va psixologiyasining rivojlanishi haqida boradi. Y. Xeyzinga «Homo 
ludens» (“O‘ynayotgan odam”) asarida yozgan: «Madaniyat, tirik jon onasi 
tanasidan ajralib chiqishiga o‘xshab, o‘yindan ajralib chiqmaydi, u o‘yin ichida 
va o‘yin sifatida rivojlanadi. Butun madaniy ijodkorlik o‘yindir: she’riyat ham, 
musiqa ham, inson fikri ham, ahloq ham va madaniyatning boshqa mumkin 
bo‘lgan shakllari ham».
4
Ulardan tashqari turli biopsixologik, biologik (yashash uchun kurash, 
boshqa jins vakilini o‘ziga jalb qilish, unga «yoqish», nasl qoldirish, ko‘payish 
istagi, mayli va h.k.) - bixeviorizm, sotsial-darvinizm bilan, turli diniy ta’limotlar 
bilan bog‘liq nazariyalar bor. Ularda ba’zan juda jiddiy, teran va qiziq kuzatishlar, 
misollar, dalillar, fikrlar, mulohazalar uchrasa-da, mohiyatan ular vulgar – 
materialistik, noilmiy qarashlardir. Ba’zi bir yirik olimlarning jamiyat to‘g‘risida 
o‘ziga xos nazariyalari bor. Ular asarlarida ma’naviyat vujudga kelishi haqida 
maxsus to‘xtalmasa-da, masalani ular yaratgan konsepsiyalar nuqtai nazaridan 
talqin qilish mumkin. Bir-biridan keskin farq qiladigan turli qarashlarning 
ko‘pligi ma’naviyatning vujudga kelishi va rivojlanishi nihoyatda murakkab 
masala ekanligini ko‘rsatadi. 
Hozircha shunday xulosa qilish mumkin: ma’naviyat vujudga kelishi juda 
uzoq davom etgan tarixiy jarayondir. Unga ko‘plab tabiiy va ijtimoiy omillar 
ta’sir ko‘rsatgan. Ma’naviyatning vujudga kelish va dastlabki rivojlanish 
bosqichlari ibtidoiy odamning ijtimoiylashishi, olamni bilish, o‘zligini anglash, 
ishlab chiqarishda erishgan yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. 

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling