2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja
Download 463 Kb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза -2
Ibtidoiy
sinkretizmning parchalanishi. Ijtimoiy amaliyotning rivojlanishi, turli ixtisoslashgan bilimlar, tasavvurlar, me’yorlar, baholar, tamoyillarning muttasil ko‘payib borishi ibtidoiy sinkretik ong doirasiga sig‘may 4 Й.Хейзинга. Homo ludens. В тени завтрашнего дня. М., 1992 г.// «Самосознание европейской културы ХХ века» М., 1991, 17-б. qolgan. Natijada ijtimoiy ong va ma’naviy amaliyotning nisbatan mustaqil, alohidalashgan shakllari qaror topishi uchun shart-sharoit pishib yetila boshlagan. Ishlab chiqarish vositalarining takomillashishi tufayli mehnat unumdorligining ancha oshishi bevosita jismoniy mehnatdan kishilarning bir qismini ozod etib, ular zimmasiga qishloq hayotini boshqarish, ishlab chiqarishni, savdo – sotiqni, odamlar hayotining xavfsizligini tashkil etish va himoya qilish bilan shug‘ullanish vazifasini yuklash uchun sharoit yaratgan. Bundan tashqari, yoshlarga kasb o‘rgatish, kasallarni davolash, yoki jamoani boshqarish, odamlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy, maishiy munosabatlarni, diniy marosimlarni, asotirlar, afsonalarni tartibga solish, urug‘ va qabila «tarixini», e’tiqodi va rivoyatlarini, qo‘shiqlarini yoshlarga o‘rgatish, kattalarga tez-tez eslatib turish vazifalari bilan ham bunday ishlarga uquvi bor kishilarni mashg‘ul qilish imkonini bergan. Natijada aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi uchun zamin yaratilgan. Bu jarayon birdaniga sodir bo‘lib qolgani yo‘q. Aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi asrlar davomida cho‘zilgan va uzil-kesil bronza va temir qurollar nisbatan keng qo‘llanila boshlagach yuz bergan. Yangi sermahsul qurollarga o‘tish mehnatning yangi tarixiy taqsimotini keltirib chiqardi va ibtidoiy sinkretizmni parchalab yubordi. Aynan shu davrda ilk shaharlar, davlatlar vujudga keldi. Tosh qurollaridan bronza va temir qurollariga o‘tish, shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi ijtimoiy ongning nisbatan mustaqil shakllarini va ular bilan bog‘liq manaviy ishlab chiqarish amaliyotini, yozuv va imloni vujudga keltirdi. Ahloq, huquq, din, filosofiya, ilm-fan, badiiy adabiyot va san’at (uning alohida turlari) va o‘qituvchilar, tabiblar, huquqshunoslar, ruhoniylar, faylasuflar, olimlar, san’atkorlar (shoirlar, me’morlar, xaykaltaroshlar, musavvirlar, zapgaplar, bastakorlar, xonandalar, raqqoslar va h.k.), davlat amaldorlari, sudyalar va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan, bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan boshqa kasblar paydo bo‘ldi. Ular va turli-tuman hunarmandlar asosan shaharlarda istiqomat qildilar. Shaharlar moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining muhim manbaiga va omiliga aylandi. O‘zbek tilidagi madaniyat tushunchasi arabcha “madinat” - shahar tushunchasidan yasalgan. Bu shaharlarning madaniyat yuksalishidagi ahamiyatiga ota-bobolarimiz qanday katta baho berganidan dalolatdir (arablarning o‘zlarida boshqa atama qo‘llaniladi). Shaharlar va davlatlar qaror topishidan boshlab insoniyat sivilizatsiyaga qadam qo‘ydi. Bu davrdan boshlab ma’naviyatning o‘ziga xos mafkuraviy va dunyoqarash asosini diniy e’tiqodlar, muayyan diniy va falsafiy ta’limotlar tashkil qilgan, kapitalizm (industrial jamiyat) qaror topgunga qadar shunday bo‘lib qolgan. Mahsulotlar hajmi ortishi uni kimlar tomonidandir ko‘proq o‘zlashtirish, boylik to‘plash imkonini ham tug‘dirdi. Asta – sekin jamiyatda xususiy mulk va ijtimoiy tengsizlik paydo bo‘ldi. Ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, tabaqalar, sinflar vujudga keldi. Endi urushlar va to‘qnashuvlar paytida asir olingan kishilar qullarga aylantirila boshladi. Turli sabablarga ko‘ra qashshoqlanib, to‘q oilalarga qaram bo‘lib qolgan kishilar qarzi evaziga farzandlaridan birini doimiy ishlash uchun ularga berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, zimdan asrlar davomida quldorchilik tuzumi yuzaga keldi. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qarama-qarshi sinflarga bo‘linib ketdi. Jamiyatda yangidan vujudga kelgan sinflarning va ijtimoiy tabaqalarning manfaatlari o‘zaro mos kelmay qoldi. Ularni ifodalovchi qarashlar, fikrlar, mafkuralar shakllandi. Endi bir yaxlit sinkretik ongda, e’tiqod va dunyoqarashda qarama-qarshi manfaatlarni ifodalashning iloji qolmadi. Buning ustiga turlicha sharoitda yashaydigan, moddiy ta’minoti, tarbiya olish, o‘qish, o‘rganish imkoniyatllari har xil tabaqalar, sinflar va ijtimoiy guruhlarning turmush tarzida, madaniyati va dididagi farqlar kuchayib ketgani ham ibtidoiy sinkretizmning istiqbolini yo‘qqa chiqardi. Shunday qilib, ibtidoiy sinkretizmning parchalanish sabablari ikkiga bo‘linadi: birinchisi – ishlab chiqarish rivojlangani, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqqani va ko‘plab ixtisoslashgan bilimlarining, yangi ijtimoiy va axloqiy me’yorlarning vujudga kelganidir; ikkinchisi – jamiyat ijtimoiy-sinfiy tuzilmasining o‘zgargani, mulkiy va ijtimoiy tengsizlikning, ularni oqlaydigan yoki qoralaydigan mafkuralarning paydo bo‘lganidir. Ibtidoiy sinkretizm mafkuraviy-siyosiy, axloqiy, huquqiy va umuman dunyoqarash jihatdan parchalandi. Mavjud tuzumni oqlaydigan axloqiy, himoya qiladigan siyosiy va huquqiy qarashlar hamda ularni amalga oshiradigan siyosiy tashkilot – davlat qaror topdi. Ma’naviyat tizimi mazmunan va shaklan xilma-xillashib, murakkablashib ketdi. Download 463 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling