2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja


Ma’naviyat vujudga kelishiga oid turlicha qarashlar


Download 463 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.02.2023
Hajmi463 Kb.
#1214102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маънавият маъруза -2

Ma’naviyat vujudga kelishiga oid turlicha qarashlar. Ma’naviyat 
vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjud. Ular asosan inson ongi
tafakkuri, e’tiqodi kelib chiqishi bilan bog‘liq nazariyalaridir. Biz ularni 
ma’naviyatga nisbatan qo‘llaymiz. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mehnat 
nazariyasidir. Unga muvofiq, odamlar ishlab chiqarishning yangi turlarini, yangi 
mehnat qurollarini va usullarini kashf etishi jarayonida bilimlari, ko‘nikmalari 
rivojlangan, mahsulotlar almashuvi va boshqa moddiy, ijtimoiy aloqalari xilma-
xillashgan va murakkablashgan. Bular o‘z navbatida yangi tartib-qoidalar, 
axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy va shaxslararo me’yorlarga ehtiyoj tug‘dirgan. 
Ma’naviyatning kelib chiqishini diniy qarashlar bevosita Yaratganning 
irodasi bilan bog‘laydi. Olloh go‘yoki insonni ongi, axloqi va sh.k. qarashlari, 
imon-e’tiqodi bilan yaratgan. U ba’zan adashib, gunoh ishlarga qo‘l ursa-da, 
Yaratgan uning qalbiga aslida to‘g‘ri imon-e’tiqodni solgan yoki to‘g‘ri yo‘l 
ko‘rsatish uchun payg‘ambar jo‘natgan. Inson o‘z qalbiga, ko‘ngliga quloq tutishi 


lozim. Sufiyona (tasavvufiy) qarashlarda butun moddiy va ma’naviy olam 
Ollohning tajallisi (imanatsiyasi) o‘zgacha shakldagi in’ikosidir. Binobarin, asl 
ma’naviyat ilohiy mazmunga ega, u Parvardigor irodasiga mos keladi. 
Ma’naviyat kelib chiqishini boshqa turli-tuman nazariyalar nuqtai nazaridan ham 
o‘rganish mumkin. Masalan, pozivitizm (neopozitivizm) ma’naviyatni 
odamlarning o‘zaro kelishuvi bilan bog‘laydi, konvensional hodisa deb 
hisoblaydi. Pozitivistlar qarashlarini quyidagicha ifodalashi mumkin: biror qoida 
yoki me’yor ko‘pchilikka ma’qul kelsagina, odamlar unga rioya etish to‘g‘risida 
kelishsagina, shakllanadi, yashab qoladi va rivojlanadi. Barcha me’yorlar, 
baholar, qonunlar, qoidalar asosida odamlarning o‘zaro kelishuvi yotadi. Agar 
odamlar bu qoida va me’yorlarga rioya etmasalar, ulardan hech qanday foyda 
bo‘lmaydi. 
Boshqa nazariyalar to‘g‘risida keyingi o‘rinlarda aytib o‘tamiz. 
XIX asrning zabardast olimlaridan biri amerikalik L.Morgan insoniyat 
tarixini uch davrga bo‘ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. Aslida bunday 
uchga bo‘lish g‘oyasi shotlandiyalik faylasuf Adam Fergyussonga borib taqaladi. 
Fergyusson 1768 yilda olg‘a surgan tasnifi asosiga xo‘jalik yuritish usuli va 
mulkiy munosabatlar rivojlanish darajasini qo‘ygan. Uning qarashlari fransuz 
ma’rifatparvarlari, ayniqsa Antuan Kondorse tomonidan rivojlantiriladi. 1836 
yilda daniyalik olim Kristian Yurgensen arxeologik matteriallar asosida insoniyat 
tarixida uch asrni – tosh asri, bronza asri va temir asrni ajratish g‘oyasini o‘rtaga 
tashladi. Albatta, ushbu “asrlar”ning xronologik davomi shartli edi. 
Inson yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlarini boshdan kechirganligi 
to‘g‘risidagi konsepsiya ko‘plab olimlar tomonidan qabul qilinadi va 
rivojlantiriladi. Ular orasida birinchi galda ingliz etnografi E. B. Taylor nomini 
eslash joiz. Ammo amerikalik Lyuis Morgan mazkur konsepsiyani har 
tomonlama rivojlantirdi va ilmiy dalilladi. Shu sababdan konsepsiya ko‘proq 
uning nomi bilan bog‘lanadi. 


Morgan o‘zining «Qadimgi jamiyat» asarida bu uch davrning har birini 
alohida bosqichlarga bo‘ladi. Har bir davrni moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi, 
alohida yirik ixtirolar tarixi bilan bog‘lab tahlil etadi. U ibtidoiy oila rivojlanishi 
bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi.
3
Morgan fikrlariga, ayrim xulosalariga 
keyinchalik fan ancha aniqliklar kiritdi. Ba’zilarini qayta ko‘rib chiqdi. Lekin 
uning asari konkret dalillarga, materiallarga boyligi uchun bugungi kungacha 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U taklif qilgan davrlash, kamchiliklaridan qat’i 
nazar, hozir ham qo‘llanilishi mumkin, o‘z zamonasida esa ancha ijobiy rol 
o‘ynagan. Morgan qarashlari mehnat nazariyasiga oid qarashlardir. 
Yovvoyilik davrida inson poda bo‘lib yashagan, o‘zaro munosabatlarini 
biologik qoidalar asosida ongsiz, stixiyali qurgan. Varvarlik davrida ypyg‘, 
jamoa-ypyg‘, qabilalarga uyushgan, turmushi ancha ongli kechgan, ma’naviyati 
shakllanib, sezilarli rivojlangan, o‘zaro munosabatlar qatiy qoidalar, urf-odatlar 
orqali tartibga solingan. Va, nihoyat, sivilizatsiya davrida aqliy mehnat jismoniy 
mehnatdan ajralib chiqqan va maxsus ma’naviy faoliyatga aylangan. Ahloq, din 
hamda davlat bilan birga tug‘ilgan xuquq me’yorlari (qonunlar) odamlarning 
o‘zaro munosabatlarini, ijtimoiy hayotini qattiq tartibga solgan, nazorat qilgan. 
Ta’kidlash joizki, bu uch davr o‘rtasida aniq chiziq o‘tkazish mumkin emas. 
Ayniqsa yovvoyilik qachon tugab, inson qachon varvarlikka o‘tgani, xatto inson 
qachon gapira boshlaganini uzil-kesil falon vaqtda yuz berdi, deyish qiyin. Lekin 
yovvoyilik bir necha million yil davom etganini, varvarlik 250-300 ming yildan 
kam bo‘lmaganini, sivilizatsiya boshlanganiga bor-yo‘g‘i 6 ming yildan sal 
oshganini aytish mumkin. Albatta, Morgan tasnifi shartli va taxminiy. Neandertal 
odamni biz Homo sapiens – aqlli inson toifasiga kiritamiz. Ammo varvarlik 
deganda ko‘z oldimizga neandertal odam emas, kromanon odam, ya’ni qiyofasi 
zamonaviy bo‘lgan, bizdan farq qilmaydigan, kuchli qabilalarga uyushgan
ko‘chmanchi, yarim o‘troq va o‘troq hayot kechiradigan, ammo hali o‘z davlatini 
tuzmagan yangi tosh asri odami keladi. Bu, balki, bizning o‘tmishni psixologik 
3
Л. Морган. Древнее общество. Л., 1934 г. 


qabul qilishimizning, neandertal odamlar jamoasi ichidagi va turli jamoalar 
o‘rtasidagi munosabatlarni, turmushning tashkil etilishini, o‘sha paytdagi 
voqealarni, jamiyat tarixini aniq bilmasligimizning natijasidir. Shu bois 
ma’naviyat shakllanishini hammaga ma’qul tarixiy davrlarga bo‘lish qiyin. 
Ammo yozma adabiyot, ilm-fan vujudga kelib, ma’naviyat sivilizatsiya doirasida 
rivojlana boshlagandan keyingi jarayonni ancha batafsil yoritish mumkin. 
Ibtidoiy odamlarning tabiat bergan tayyor maxsulotlarni yig‘ib iste’mol 
qilishdan ularni o‘zlari ishlab chiqarishga o‘tishi, o‘rta yuqori paleolitdan boshlab 
yangi tosh asri (neolit)ga qarab rivojlanishi davomida ayrim hayvonlarni 
xonakilashtirishi, ba’zi o‘simliklarni ekib, o‘stira boshlashi ularning bilimi, 
tafakkuri, 
ongi 
rivojlanishini 
tezlashtirgan. 
Ularda 
chorvachilik 
va 
dehqonchilikka oid ilk bilimlar, yangi mehnat
qurollari paydo bo‘lgan, eskilari 
takomillashgan. Toshni shunchaki qo‘pol yo‘nish o‘rniga, unga sayqal berish 
usullari topilgan. Ijtimoiy turmush rivojlanishi tezlasha boshlagan. Nihoyat yangi 
tosh asri davrida mehnatning birinchi tarixiy taqsimoti yuz bergan: dehqonchilik 
va chorvachilik bir-biridan ajralib chiqqan. 

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling