2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja


Download 463 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.02.2023
Hajmi463 Kb.
#1214102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маънавият маъруза -2

Ibtidoiy sinkretizm. Lekin ibtidoiy odamning tabiat va inson haqidagi 
bilimlari, tasavvurlari, qarashlari to urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, 
bronza va temir davrida ilk shaharlar va davlat paydo bo‘lgunga qadar, ancha 
qashshoq edi. Uning ongi va ma’naviy faoliyati chegaralangan, alohida sohalarga, 
yo‘nalishlarga, mustaqil shakllarga bo‘linmagan edi. Bunday holat fanda ibtidoiy 
sinkretizm (yaxlitlik, mushtaraklik) deyiladi. Ibtidoiy sinkretizm – bu odamlar 
ongida axloqning, ilm-fanning, san’atning, dinning va ma’naviy faoliyat boshqa 
shakllarining kurtak otib rivojlana boshlagan, ammo hali bir-biridan ajralmagan 
holatidir. Ibtidoiy sinkretizm unsurlari bizgacha yetib kelgan qadimgi ertaklar, 
asotirlar, afsonalar. rivoyatlar qoldiqlarida ancha o‘zgargan ko‘rinishda saqlanib 
qolgan. 
Masalan, o‘zbeklarda shunday ertak bor: ilon Sulaymon payg‘ambarga bir 
xizmat ko‘rsatadi. Payg‘ambar evaziga ilonning har qanday iltimosini bajarishga 
va’da beradi (aslida ertakka aylangan arxaik asotirda payg‘ambar emas, balki 
xudolardan biri bo‘lgan). Shunda ilon o‘ziga dunyodagi eng go‘shti shirin 
maxluqni xo‘rak sifatida belgilab qo‘yishni so‘raydi. Payg‘ambar, va’daga 
binoan, eng go‘shti shirin maxluqni aniqlashda ilonga yordam berishni pashshaga 


topshiradi. Pashsha barcha jonivorlardan bir tomchidan kon keltirib ilonning 
tiliga tomiza boshlaydi. Navbatdagi jonzotdan qon keltirayotgan pashshaga 
yo‘lda qaldirg‘och uchraydi va undan kimning qoni eng shirinligini aniqladingmi, 
deb so‘raydi. Pashsha javoban, odamzodning qonidan shirinrog‘i yo‘q ekanini, 
hozir odam qoni tomchisini ilonga olib ketayotganini aytadi. Shunda qaldirg‘och 
pashshani yo‘ldan qaytarishga harakat qiladi. Ammo pashsha qaldirg‘ochga 
quloq solmasdan, ilon tomon uchib ketadi. Qaldirg‘och pashshani quvib, u ilon 
tiliga endi qonni tomizayotgan paytda yetib oladi va ilonning tilini cho‘qib, uning 
uchini ikkiga ayirib yuboradi. Ammo o‘girilib qochmoqchi bo‘lgan qaldirg‘och 
dumining uchini ilon tishlab oladi. Natijada ilonning tili, qaldirg‘ochning dumi 
ayri bo‘lib qoladi. Shundan buyon ilon qaldirg‘ochni ta’qib qiladi, qaldirg‘och 
esa odamlarga yaqin, hatto ular yashaydigan uylarning ichkari shiftiga uya quradi. 
Inson qaldirg‘ochni doimo himoya qiladi. 
Ertakning (asotirning) qisqacha mazmuni shunday. Lekin ma’naviy 
mazmuni juda teran. Unda, birinchidan, ibtidoiy odamning ilk zoologik 
kuzatishlari, 
bilimlari 
mustahkamlangan. 
Haqiqatan, 
qushlar 
orasida 
qaldirg‘ochdan boshqa birortasining dumi ayri emas (chumchuk, musicha, 
kabutar, qumri, hudhud, to‘rg‘ay, to‘ti, mayna va boshqa qushlarni eslang). Xuddi 
shunday hayvonot olamida tili ayri maxluklar nihoyatda kam (ular asosan 
sudralib yuruvchilardir). Ibtidoiy odam bunday o‘xshashlikni bir biriga bog‘lagan 
va asotirda birlashtirib va o‘zicha tushuntirishga harakat qilgan. 
Ikkinchidan, keltirilgan parchada inson tabiatdagi eng ulug‘, eng e’zozli 
jonzot, u hech bir maxluqqa yem bo‘lishi mumkin emas, degan g‘oya ilgari 
surilgan. Bu g‘oya ibtidoiy odamning tabiatdagi o‘z o‘rnini anglashi, o‘zini 
tabiatning egasi deb bilishini aks ettiradi. Tabiatdagi har bir jonivor, qaldirg‘och 
kabi, insonga xizmat qilishi lozimligini ifodalaydi. 
Uchinchidan, asotirda haqiqatning nisbiy ekanligi, agar u insonga zarar 
yetkazsa, aksilinsoniy bo‘lsa, undan voz kechish kerakligi ifodalangan. 


To‘rtinchidan, yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish, yaxshilikni 
unutmaslik targ‘ib etilgan (insonning qaldirg‘ochga munosabati, uyi shiftidan joy 
berishi). 
Beshinchidan, ibtidoiy odamning ma’lum diniy va dunyoviy tasavvurlari, 
e’tiqodi asotirda aks etgan. 
Oltinchidan, bu ertak (asotir)ning o‘zi folklorning, xalq og‘zaki badiiy 
ijodiyotining go‘zal bir namunasidir. Unda ibtidoiy odamning badiiy didi, 
qarashlari aksini topgan. 
Bu asotir yaratilayotgan paytda ahloqiy, diniy, falsafiy ta’limotlar tizimi, 
tabiatshunoslik fani, ixtisoslashgan san’at turlari bo‘lmagan. Shu bois bir asotir 
diniy, falsafiy, axloqiy, tabiatshunoslik bilimlarining unsurlarini o‘zida mujassam 
etgan. Ijtimoiy amaliyot kengayib, odamlarning tajribasi va mehnat ko‘nikmalari 
oshgan sayin, ularning ahloqiy, diniy tasavvurlari yangi tamoyillar, me’yorlar 
bilan, tabiat va inson haqida to‘plangan bilimlar bilan boyib boravergan. Lekin 
ular ibtidoiy jamiyatda asrlar davomida yaxlit, sinkretik tarzda ifodalangan. 

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling