2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi


Download 162.04 Kb.
bet49/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi.

Biosferada tirik organizm eng muhim ahamiyatga ega bo’lib, akademik V.I.Vernadskiy ularning qo’yidagi funksiyalarini belgilab berdi:



1. Gaz almashinishi. Bu funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog’liq. Avtotrof organizmlarning organik moddalarini sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid ko’p miqdorda sarflanadi. Yashil o’simliklar tobora ko’payib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi ham o’zgara boradi. Karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod esa orta boradi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning hammasi tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid hosil bo’ladi va u yana atmosferaga chiqariladi.

2. Konsentrasiyalash funksiyasi. Tirik organizmlar tomonidan atrof muhitga tarqalgan kimyoviy elementlarning to’planishidir. Masalan: o’simliklar fotosintez jarayonida kimyoviy elementlarni tuproqdan (kaliy, fosfor, azot, vodorod va boshqalarni) havodan uglerod olib, hujayrada organik moddalar hosil qiladi. Jamg’arish funksiyalari tufayli tirik organizmlar ko’p miqdorda cho’kma jinslarni, masalan: bo’r, ohak jinslarini hosil qiladi.

3. Oksidlanish qaytarilish funksiyasi. O’zgaruvchan valentlikka ega bo’lgan kimyoviy elementlarning temir, oltingugurt, marganes, azot va boshqalarni aylanishini ta’minlaydi. Masalan: Tuproqdagi ximosintezlovchi bakteriyalar ana shu jarayonlarni amalga oshiradi. Shuning natijasida H2S temir rudasining ba’zi turlari har xil azot oksidlari hosil qiladi.

4. Biokimyoviy funksiyalari - tirik organizmlarning hayot faoliyati davomida va ularning o’limidan keyin biokimyoviy jarayonlarni ta’minlaydi. Bu funksiya natijasida organizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, ko’payishi, o’lgan organizmlarning parchalanishi, chirishi kabi jarayonlar bo’lib turadi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling