2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja
Download 162.04 Kb.
|
BIOLOGIYA OʻSIMLIK
Quruqlik va okean biomassalari.
Biosferadagi tirik moddalar (organizmlar) ning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi vaqtda yer sharida yashaydigan barcha tirik organizmlarning 2 milliondan ortiq tur mavjud bo’lib, shundan 1,5 millionga yaqin turi hayvonlarga va 500 mingga yaqini esa o’simliklarga xosdir. Shu turlarning 93% i quruqlikda, 7% i esa suvda hayot kechiradi. Okeanlar yer yuzining 70% ni egallaganiga qaramay, yer biomassasining 0,13% ni hosil qiladi. o’simliklar ma’lum bo’lgan organizm turlarining 21% ni yer biomassasining 99% dan ortig’ini tashkil etadi. Hayvonlar turlari barcha organizmlarning 70% ni hamrab olganiga qaramay ularning biomassadagi hissasi 1% dan kamroqdir. Hayvonlardan 96% umurtqasizlar va 4% ni esa umurtqalilardan iborat. Umurtqalilarning faqat 10% sut emizuvchilarga to’g’ri keladi. Tirik moddalar o’zining massasiga ko’ra o’lik moddalarning 0,01-0,02% nigina tashkil etsa ham lekin biosferaning asosiy funksiyalarini amalga oshirishda roli kattadir. A) Quruqlik biomassasi. Quruqlik yuzasining turli hududlarida biomassa miqdori bir xil emas. Turli o’simliklar hosil qiladigan biomassa miqdori va uning sifati bir xil emas. Bu biomassa miqdori gektariga 42-137 sentnerni tashkil etadi. L.V.Rodin va N.N.Bazilevich (1965)lar Rossiya Federasiyasining har xil o’simlik mintaqalardagi biomassa miqdorini o’rganishi bu mintaqalari orasida eng ko’p biomassani o’rmonlar to’plashini ta’kidlaydilar (2 - jadval).Markaziy Osiyo cho’l mintaqasidagi biomassaning umumiy zahirasi 50-60 ga/s ni tashkil etadi. Qorasaksovulzorlarda yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari esa bu ko’rsatkich bir yilda 10 ga/s ga boradi. Qutblardan ekvatorga borgan sari biomassa miqdori va organizmlar turlarining soni ortib boradi. Ayniqsa, tropik iqlim sharoitida o’simliklar turlari juda qo’p bo’ladi. Zich va bir necha yaruslarda o’sadi. Hayvonlar ham har xil yaruslarda joylashadi. Ekvatorga biogeosenozlarida hayot zichligi juda yukori bo’ladi. Organizmlar o’rtasida yashash joyi, oziq - ovqat, yorug’lik, kislorod uchun raqobat kuchli bo’ladi. Qutblarda buning aksini ko’ramiz. Odamning ta’sirida biomassa hosil bo’ladigan maydonlar keskin o’zgarishi mumkin. Shuning uchun ham sanoat va qishloq xo’jalik maqsadlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish lozim. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeosenozlari egallaydi. Tuproqda organizmlar zich joylashgan. Masalan: Bir tonna qora tuproqda mikroorganizmlarning soni 25x10 ga yetishi mumkin yoki 1 gektar tuproqda 2,5 mln.ga yaqin yomg’ir chuvalchangi yashashi mumkin. Tuproqda gazlar almashinishi ham tinmasdan davom etib turadi. Havo tarkibidagi kislorod o’simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot esa azot to’plovchi bakteriyalar tomonidan o’zlashtiriladi. Tuproqdagi anaerob holda yashovchi Clostridium Pasterianum va Clostridium avlodiga kiruvchi boshqa bakteriyalar atmosfera azotini o’zlashtirish xususiyatga ega (Vinogradskiy, 1993). 2 - jadval Asosiy o’simlik fitosenozlaridagi biomassa miqdori va tarkibi, ga/s (L.V.Rodin va N.N.Bazilevich bo’yicha, 1965)
Aerob holda yashovchi Azotabakter (Beberik, 1901) qulay sharoitida hosil bilan chiqib ketgan azotning bir qismini o’zi to’plagan azot bilan qoplaydi. Azotobakterlar uchun tuproq muhiti rN – 6 va undan yuqori bo’lishi lozim. O’zbekiston tuproqlarida azotobakterlar faoliyati ancha yuqori bo’lib, ular gektariga o’rtacha hisobda 25-30 kg sof azot to’playdilar. Azotobakter bilan ekinlar urug’ini ishlatish g’alla ekinlar hosilini 20-30, qand lavlagi hosilini esa 20-25 % ga oshiradi. Tuproqda aerob erkin yashaydigan oltingugurt, oligonitrofil bakteriyalar va ayrim suvo’tlari ham atmosfera azotini o’zlashtirish xususiyatiga ega, biroq ularning salmog’i juda kam. Erkin holda yashovchi bakteriyalar bilan birgalikda ekinlarni biologik azot bilan ta’minlashda dukkakli o’simliklar ildizida simbioz holida yashovchi tuganak bakteriyalarning ham ahamiyati katta. Dukkakli ekinlar havo azotini Rizobium avlodiga kiruvchi bakteriyalar yordamida o’zlashtirib mavsum davomida ma’lum miqdorda azot to’playdi. Chunonchi, beda 2-3 yil davomida gektariga 250-400 kg azot to’playdi, no’xat har yili sharoitga qarab gektariga 50-75 kg biologik azot to’playdi. Biologik azotni o’zlashtirish fotosintez jarayoni bilan bog’liq bo’lib, o’simlik havo azotini ko’proq o’zlashtirsa, unda kuzatiladigan fotosintez jarayoni shuncha faollashadi, demak, biomassa hosil bo’lish imkoniyati oshadi. Havo tarkibidagi azotni biologik usulda o’zlashtirish atrof-muhitni, sizot suvlarni, suv xovzalarini nitratlar bilan ifloslanishining oldini oladi. Ekologik muammolarni ijobiy hal qilishga yordam beradi. Kunduzi tuproq qiziganda undan karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak ajraladi. Shunday qilib, tuproq biogen usulda hosil bo’ladi. Tuproq anorganik va organik moddalardan hamda tirik organizmlardan tashkil topgan. Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo’lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning yashash muhiti bo’lib, undan o’simliklar o’ziga xos oziq moddalar bilan suvni oladi. Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferada aylanishini tarkibiy qismini tashkil etadi. Odamning xo’jalik faoliyati ko’pincha tuproq tarkibining tobora o’zgarib borishiga undagi mikroorganizmlarning nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tuproqdan doimo oqilona foydalanish zarur. B) Okean biomassasi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismlaridan bo’lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi okean, dengizlar bo’lib, ularning tarkibida 60 ga yaqin kimyoviy elementlar va tuzlar bo’ladi. Organizmlar hayoti uchun zarur bo’lgan kislorod va karbonat angidridi suvda yaxshi eriydi. Suvdagi hayvonlar nafas olish jarayonida CO2 ajratadi. O’simliklar fotosintez natijasida suv kislorod bilan boyiydi. Okean suvlarining 100 metrgacha bo’lgan yuqori qatlamida 1 hujayrali suv o’tlari juda ko’p bo’lib, ular mikroplanktonni (yunoncha "planktos"- sayyor, ko’chib yuruvchi degan so’zdan olingan) hosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayoninig 30% ga yaqini suvda kechadi. Suv o’tlari quyosh energiyasini qabul qilib uni kimyoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. Suvda yashaydigan hayvonlarning asosiy ozuqasi planktonlardir. Suvning tubiga yopishib hayot kechiruvchi organizmlar bentos deb ataladi (yunoncha "bentos" - chuqurdagi degan so’zdan olingan). Okeanning tubida juda qo’p bakteriyalar mavjud bo’lib ular organik moddalarni anorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera ham biosferaga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gidrosfera sayyorada issiqlik va namlikning taqsimlanishida moddalar aylanishida muhim rol o’ynaydi.
Download 162.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling