Asosiy vositalarning harakati quyidagi hujjatlar yordamida hisobga olinadi: AV-1 shakli - «Asosiy vositalarni qabul qilish va berish akti» -asosiy vositalarning kirim va chiqimini qayd qilish uchun. AV-2 shakli - «Ta'mirlangan, mukammallashtirilgan va rekonstruktsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi»- ob'ektlarning boshlang‘ich qiymatining oshishini qayd qilish uchun. AV-3 shakli - «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish» ob'ektlarni tugatish uchun. AV-4a shakli - «Avtotransport vositalarini tugatish dalolatnomasi». AV-7 shakli - «Asosiy vositalarni hisobga olish uchun inventar kartochkalari» har bir asosiy vositaning holati va harakatini alohida qayd qilib boradi. AV-8 shakli - «Asosiy vositalarning harakatini qayd qilish kartochkasi»- ularning kirim va chiqimini hisobga olib boradi. AV-9 shakli - «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati» ularning foydalanish joylari bo‘yicha hisobini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: - Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
- 0110 - «Yer»;
- 0111 - «Yerni obodonlashtirish»;
- 0112 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish»;
- 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
- 0130 - «Mashina va asbob-uskunalar»;
- 0140 - «Mebel va ofis jihozlari»;
- 0150 - «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
- 0160 - «Transport vositalari»;
- 0170 - «Ishchi va mahsuldor hayvonlar»;
- 0180 - «Ko‘p yillik o‘simliklar»;
- 0190 - «Boshqa asosiy vositalar»;
- 0199 - «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
5-sonli BHMS “Asosiy vositalar” buxgalterlarga asosiy vositalarning eskirishini hisobga olishda bir qator yangi imkoniyatlar yaratadi. Standartda asosiy vositalarning alohida ob’ektlariga eskirish summalarini hisoblashning to’rtta usuli ko’rsatilgan:
- teng maromli;
- ishlab chiqarish usuli;
- yillar summasi usuli (kumulyativ usul);
- ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |