Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash. Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. - Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash. Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi.
- Mazkur usulga ko’ra asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining faoliyatiga bog’liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi.
- Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymati va mazkur ob’ektning foydali ishlatilish muddatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan mol-mulk, soliq maqsadlari uchun quyidagi marjinal amortizatsiya me’yorlari bilan guruhlarga bo’linadi - Amortizatsiya qilinadigan mol-mulk, soliq maqsadlari uchun quyidagi marjinal amortizatsiya me’yorlari bilan guruhlarga bo’linadi
- O’zR Soliq kodeksining 306-moddasi bo’yicha amortizatsiya me’yorlari keltirib o’tilgan.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. - Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan.
- Mazkur usul bo’yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig’indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o’tib bo’lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
- Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko’rsatkichidan hamda asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatining asosiy vositalari butun foydali ishlatish muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatan mutanosibligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |