2. Mavzu: Uzoq muddatli aktivlar hisobi


Download 1.43 Mb.
bet7/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1156225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 tl msd

Nomoddiy aktivlar

  • Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi 7-sonli “Nomoddiy aktivlar” nomli BHMS (O‘z R AV tomonidan 27.06.2005 yilda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan tartibga solinadi.
  • 7-son “Nomoddiy aktivlar” nomli BHMS ga muvofiq, nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, SHuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari.

Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0410 - «Patentlar, litsenziyalar va nou-xau»;
0420 - «Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»;
0430 - «Dasturiy ta’minot»;
0440 - «Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari»;
0460 - «Franchayz»;
0470 - «Mualliflik huquqlari»;
0480 - «Gudvill»;
0490 - «Boshqa nomoddiy aktivlar».

Investitsiyalar hisobi

  • Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida yo’naltirish “investitsiya”lar deb ataladi.
  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmui “investitsiya faoliyati” deb yuritiladi.

Respublikamizda korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari hisobi asosan buxgalteriya hisobining “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” deb nomlangan 12-sonli BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” vositasida yuritiladi. Shu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, sho’’ba korxonalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari esa 2-sonli “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”, 8-sonli “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” deb nomlangan BHMS yordamida tartibga solinadi.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling