Yillar summasi usuli (kumulyativ usul). Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar sonlari summasiga bo’lish orqali aniqlanadi. - Yillar summasi usuli (kumulyativ usul). Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar sonlari summasiga bo’lish orqali aniqlanadi.
- Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli. Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayishini anglatadi. - Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli. Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayishini anglatadi.
- Mazkur usulga ko’ra teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki karra amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang’ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
- Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga bog’liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki karra me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |