2. Mavzu: Uzoq muddatli aktivlar hisobi


Download 1.43 Mb.
bet3/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1156225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 tl msd

Kapital qo‘yilmalar
Uzoq muddatli debitorlik qarzlar
Asosiy vositalar
5-sonli BHMS “Asosiy vositalar” (O‘zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) nomli BHMSga asosan asosiy vositalarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”.
5-sonli BHMSga muvofiq, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi
    • a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
    • b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan BHMining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.

Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalari:
    • 1) sotib olingan paytdan boshlab to hisobdan chiqarguncha ularning mavjudligi aniqlash va butligini nazorat qilish;
    • 2) eskirishni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblash;
    • 3) byudjetga to’lanadigan mol-mulk solig’ini to’g’ri hisoblash uchun ma’lumot olish;
    • 4) asosiy vositalarni rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun mablag’lardan to’g’ri va samarali foydalanishni nazorat qilish;
    • 5) asosiy fondlardan vaqti va quvvati bo’yicha samarali foydalanishni nazorat qilish; asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to’g’risida hisobot uchun ma’lumotlar olish.
    • Asosiy vositalar hisobini to’g’ri tashkil etishning bazasini asosiy vositalarning tasdiqlangan standart tasnifi va ularni buxgalteriya hisobida baholashning yagona tamoyilini tashkil etishdan iboratdir.

5 sonli BHMSga asosiy vositalarning quyidagi qiymatlari bor:

  • 5 sonli BHMSga asosiy vositalarning quyidagi qiymatlari bor:
  • Dastlabki qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish yoki qurish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati har yili 1 yanvar holatiga qayta baholanishi shart.
  • Amortizatsiya (eskirish) – bu eskirayotgan mulklarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini asta-sekin ishlab chiqarish yoki davr xaradjatlariga o‘tkazilishini ma’lum qoidalar bo‘yicha hisobga olishni amalga oshirish.
  • Joriy qiymati – bu asosiy vositalarning aniq bir sanadagi bozor bahosi.
  • Qoldiq qiymat – asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan hisoblangan amortizatsiya (eskirish) chegirib tashlangan qiymat.
  • Tugatish qiymati – foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish paytida asosiy vositalarni chiqim qilish xarajatlari chegilgan holdagi qiymati.
  • Asosiy vositaning foydali xizmat muddati – aktivning xo‘jalik yurituvchi sub’ektga iqtisodiy naf (daromad) keltiradigan davri tan olinadi.
  • Amortizatsiya normasi – asosiy vositaning dastlabki qiymatining foizda ifodalangan bir qismi bo‘lib, joriy ishlab chiqarish yoki davr xarajatlari tarkibiga qo‘shiladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling