2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1520060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MMT 2 mavzu (1)

Randalash. Yog‘och materiallardan kerakli o‘lchamdagi zagotovka arralab 
olinganidan so‘ng, ular sirtini silliqlash, tekislash, aniq o‘lcham va ma’lum shaklga 
keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. 
Mahkamlovchi metall buyumlar. Bu buyumlar duradgorlik usulida 
yasalgan buyumlarning detallarini va qismlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. 


Mixlar, shuruplar, katta burama mixlar, boltlar, burchakli temirlar (ugolniklar), ust-
qo‘ymalar, tortqilar, tokchaushlagichlar shular jumlasidandir. 
Mixlar kam karbonli toblanmagan och rang po‘lat simlardan sovuqligicha 
shtamplab yasaladi, qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, ular binokorlik mixlari, 
gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar, suvoq mixlari, tolga qoqiladigan mixlar va 
pardoz mixlariga ajratiladi. 
Binokorlik mixlarining ko‘ndalang kesimi dumaloq (kamdan-kam 
hollardagina kvadrat shaklida bo‘ladi); duradgorlikda bo‘yi 7-90 mm, yo‘g‘onligy 
0,7-3,5 mm li mixlar ishlatiladi. Yirik mixlar (diametri 120-150 -200 mm li) 
yelimlab yasalgan va mixlangan yog‘och binokorlik konstruksiyalarini 
birlashtirish, shuningdeq, duradgorlik usulida tayyorlangan pardevorlarni, 
panellarni, to‘sinlarni joyiga o‘rnatib mixlash uchun kerak bo‘ladi. Duradgorlik 
usulida qurilish buyumlari yasaladigan ishxonalarda va mebelsozlik korxonalarida 
mixlardan tashqari shpilkalar, ham ishlatiladi; shpilkalar qalpoqsiz ingichka mixlar 
bo‘lib, qoplamalar, raskladkalar, shtabiklarni mahkamlash uchun qo‘llaniladi. Bu 
buyumlarning asosiy detallari yelimlab birlashtiriladi, u kamdan-kam hollardagina 
shuruplar bilan mahkamlanadi. 
Gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar dumaloq bo‘lib, uzunligi -30 mm, 
yo‘g‘onligi 1,4-2,2 mm bo‘ladi. Ular mebel va duradgorlik buyumlariga gulli 
materiallar -to‘qima, dermatin, charm qoplash uchun ishlatiladi. Buyumning ustki 
yuzasiga ishlatiladigan shaklli mixlarning‘ ustidan qoplangan qo‘shimcha qalpog‘i 
bo‘ladi, bu qalpoq jez, bronza yoki tunukadan har xil kattalikda, shaklda, naqshli 
qilib yasaladi. 
Suvoq mixlarining uzunligi 30-40 mm, yo‘g‘onligi shunga yarasha 1,8 va 2 
mm. Ichki pardevorlar va qavatlar. orasidagi yopmalarga ishlatiladigan shitlarga 
rezgi taxtalar qoqishda shu mixlardan.foydalaniladi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling