2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
Milliy g‟oya targ‟ibotida OAVlarining o‟rni
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviy axborot vositalarining xuquqiy kafolatlari
- 11-Mavzu : Milliy g‟oya targ‟ibotida Ommaviy Axborot Vositalarining o‟rni.
Milliy g‟oya targ‟ibotida OAVlarining o‟rni
Takrorlash uchun savollar 1. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ommaviy axborot vositalarining o‘rni qanday? 2. Ommaviy axborot vositalaridagi reklama va e‘lonlar to‘g‘risida fikringiz. 3.Milliy o‘zlikni anglashda va milliy g‘ururni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli qanday? Ommaviy axborot vositalarining xuquqiy kafolatlari : ―Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida‖,―Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida‖, ―Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida‖, ―Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida‖gi ―Axborot olish 61 5-ilova
11-Mavzu : Milliy g‟oya targ‟ibotida Ommaviy Axborot Vositalarining o‟rni. Reja: 1. Milliyg‗oyatarg‗ibotida ommaviy axborotvositalaridan foydalanish. 2.Ommaviy axborot vositalarining "to‘rtinchi hokimiyat" sifatidagi asosiy mezonlari. 3.Ommaviy axborot vositalariorqali turli yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish imkoniyatlari. 4. Globallashuv va ommaviy axborot vositalarinin ko‘rinishlari. Milliy g‘oyaning aholini keng ko‘lami orasida targ‘ibot va tashviqot etishda shubhasiz ommaviy axborot vositalari (OAV) yetakchi o‘rinni egallaydi. Xuquqiy demokratik jamiyat qurishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli benihoya katta. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan ommaviy axborot vositalari o‘z milliy zaminidan uzilgan edi. U o‘zbek xalqiga, Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan ommaviy axborot vositalari o‘z milliy zaminidan uzilgan edi. U o‘zbek xalqiga, O‘zbekistonga xizmat qilmas edi. Ommaviy axborot sho‘rolar zamirida kommunistik mafkuraning dastyori sifatida mehnatkashlar ommasi ongi va dunyoqarashida tobelik, qaramlik va qullik g‘oyalarini targ‘ib qilar edi. O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida bo‘lgani singari ommaviy axborot vositalari oldiga tub sifat o‘zgarishlar davri boshlandi. U o‘zining milliy negiziga ega bo‘ldi. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida ro‘y bergan tub sifat o‘zgarishlari ommaviy axborot vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni qo‘ydi. 62 O‘zbekistonga xizmat qilmas edi. Ommaviy axborot sho‘rolar zamirida kommunistik mafkuraning dastyori sifatida mehnatkashlar ommasi ongi va dunyoqarashida tobelik, qaramlik va qullik g‘oyalarini targ‘ib qilar edi. O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida bo‘lgani singari ommaviy axborot vositalari oldiga tub sifat o‘zgarishlar davri boshlandi. U o‘zining milliy negiziga ega bo‘ldi. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida ro‘y bergan tub sifat o‘zgarishlari ommaviy axborot vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni qo‘ydi. U ham bo‘lsa, mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy g‘oyalarni xolisona targ‘ibot qilish asosida ularni kelajagi buyuk O‘zbekistonni yaratishdek, shuningdek, uni doimo himoya qilishdek, davlat oldida fuqarolarni ma‘suliyatini oshirishdek ishlarga ommaviy safarbar etishdan iborat edi. Bu ulug‘vor va oliyjanob vazifalarni amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalarining xuquqiy asoslari yaratildi. SHu bois, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining mustaqil respublika mezonlariga javob bera oladigan yuridik maqomlarini belgilab beruvchi xujjatlar majmuasi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67-moddasida: ―Ommaviy axborot vositalari erkindir va to‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. TSenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi,‖ 4 deyilgan. Bugun jamiyatimizning ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. OAV: matbuot, televidenie, radio, axborot agentliklari, internet saytlari va hak iborat.. Matbuot jamiyatni demokratlashtirish va kelajagi buyuk O‘zbekistonni taraqqiy etishining, milliy g‘oya va milliy manfaatlar tashviqotining o‘tkir quroli ekanligi isbot talab qilmaydigan xaqiqatdir. Ayniqsa, bugungi kunda jamiyatning har bir oilasi va a‘zosi OAVsiz hayotini tasavvur eta olmasligi va hech bo‘lmaganda u bilan bog‘liq ravishda yashayotgan bir davrda bu haqiqat yanada oydinlashadi. Bu o‘rinda milliy targ‘ibotda ommaviy axborot vositalarining o‘rnini alohida ta‘kidlab o‘tish lozim. Birinchidan, ommaviy axborot vositalarini ma‘lumotlarni tezkorlik bilan yetkazish imkoniyatiga ega. Ikkinchidan, bugun insonlarning hayotining barcha jabhalariga kirib borishga ulgurdi o‘ziga xos tarzda ma‘lumotlar manbasiga aylanib qoldi. Ommaviy axborot vositalarining asosiy ―talabgorlari‖ yoshlar qatlami bo‘lib, ayni ommaviy axborot vositlarining turli ko‘rinishlari orqali milliy targ‘ibotni yoshga mos tarzdagi ko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar tarzida yetkazib berilsa, ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Milliy g‘oya targ‘iboti o‘z navbatida, ommaviy axborot vositalari oldiga katta va o‘z o‘rnida ma‘suliyatli vaziflarni yuklaydi. Faqatgina ko‘rsatishning o‘zi yetarli emas, balki, turli tushuntirish ishlarini ommalashtirish, unga fuqarolarni jalb qilish orqali tashviqotni yanada kuchaytirish, tutruqsiz g‘arb kliplarining o‘rniga milliylik ruhi bilan sug‘orilgan ko‘rsatuvlarni namoyish etish, asta-sekinlik bilan 4 Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: ―Ўзбекистон‖., 2008. Б.4 63 hammabob teledasturlar tizimini yaratib borish ommaviy axborot vositalarining milliy g‘oya targ‘ibotidagi muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Bugun ommaviy axborot vositalarini ―to‘rtinchi hokimiyat‖ sifatida talqin etilishining boisi demokratik davlatlarda hokimiyat bo‘linishining uch tamoyili amal qilsa-da, ularning faoliyatlarini takomillashtirish va ularni xalq bilan bog‘lashning asosiy vositachisi bu ommaviy axborot vositalaridir. Bu yo‘nalish katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bugun globallashuv davrining yana bir yirik kashfiyoti sifatida baholanayotgan - Internet tizimining yaratilishi OAV yaratilishi tarixida ulkan tarixiy burilishni yasadi va dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ―chegaralar yanada yaqinlashdi‖. Ushbu tizim bo‘yicha dunyoning istalgan mamlakati bilan uning maxsus saytlari orqali aloqa qilish, shuningdek, axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lindi. Zero, faqatgina Internetning o‘zi fan va texnika, siyosat, iqtisod rivojida, umuminsoniy va milliy madaniyatning o‘zaro ta‘sirida, yagona axborot tizimini yaratish sohasida insoniyat uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Internetning paydo bo‘lishi XX asrning 60 yillarning oxiri va 70 yillarni boshlariga to‘g‘ri keladi. Oqibatda, internet ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari, mustaqil matbaa va ommaviy axborot vositalari foydalanidigan global tarmoqqa aylandi. 1991 yilda Angliya va Norvegiya ulangan internetga, 1992 yilda AQSH birlashdi. 1996 yilning o‘zida 50 million abonentlar qatoriga O‘zbekiston ham a‘zo bo‘lib kirdi. O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 2008 yilda 2 million bo‘lsa, hozir 10milliondan oshgani, 5 milliondan ko‘prog‘i ijtimoiy tarmoqqa a‘zo bo‘lgan. Ularning aksariyati yoshlar ekanini alohida qayd etish kerak. «Odnoklassniki» a‘zolarining soni 3,5 millionga yaqin qismini tashkil etadi. Xulosa shuki, insonlar qalbi va ongi uchun katta o‘zgarishlar kechayotgan globallashuv davrida yuksak ma‘naviyat, odob-axloq tarbiyasiga e‘tiborni kuchaytirish dolzarb vazifadir. Bu jarayonda ayniqsa, yoshlarni e‘tibordan qoldirmaslik lozim. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling