2. Xom-ashyomahsulotlarining tavsifi
Xom – ashyo maxsulotlari tavsifi
Download 0.75 Mb.
|
javohir423
2. Xom – ashyo maxsulotlari tavsifi
Karbamid ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo bo‘lib quruq gaz CO2 va suyuq NH3 xizmat qiladi. Ularni trubaprovodlar orqali olinib, kompressorlardan o‘tkazilib sintez jarayonga beriladi. Ammiak odatdagi sharoitda o‘ziga xos o‘tkir xidga ega bo‘lgan rangsiz, gaz bo‘lib, havodan 1,7 marta engil. Bosim oshirilganda yoki sovutilganda u osongina rangsiz suyuqlikka aylanadi. 1 litr NH3 – n.sh da 0,76 gramli keladi. Atmosfera tasiri ostida saqlanadi. Ammiak kimyoviy jixatdan ancha aktiv birikmadir. Reaksiyalarda qaytaruvchi xossalarini nomoyon qiladi. NH3 kislorodda oqish yaltiroq alanga berib yonadi. Bunda suv va erkin azot hosil bo‘ladi. 4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2N2. Boshqa sharoitda ammiakning oksidlanishi davom etib, azot oksidlari hosil bo‘lishi mumkin. Ammiakning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega, bu hol unda gidrooksil ionlari borligidan dalolat beradi. Ammiak molekulalarining bir qismi suvning N+ ionlari bilan birikib, tuz tarkibiga kiradigan NH4+ ionlarini hosil qiladi. NH3+ + OH- = NH4 OH NH3 + HOH = NH4+ + OH Shunday qilib NH3 eritmasida bir vaqtning o‘zida NH3 molekulalari, NH4+ va OH- ionlari, NH4OH molekulalari mavjud bo‘ladi. Ammiakning muhim kimyoviy xossasi, uning kislotalar bilan ta’sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qilishdir. Bunda NH3 molekulasiga kislotaning N+ birikib, tuz tarkabiga kiradigan NH4+ xosil qiladi; NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4 Ammoniy tuzlari suvda oson erib, ionlarga batamom ajraladi. NH3 va ammoniy tuzlaridan keng miqyosda ishlatiladi. Suyuq ammiakdan sovutish masalalaridan sovutiluvchi agent sifatida sun’iy muz tayyorlashda ishlatiladi. Sanoatda ammiak asosan azot va vodoroddan sintez qilish yo‘li bilan olinadi. Bunda azot suyuq havodan, vodorod metanni konversiya qilish natijasida olinadi. Karbonat angidrid gazi (CO2) – hidsiz, rangsiz, havodan 1,5 marta og‘ir, ochqimtir ta’mga ega gaz bo‘lib, buni bir idishdan ikkinchi idishga quyish mumkin. Quyidagi tartib bilan AM-76 sexidan karbamid ishlab chiqarish uchun beriladi. – CO2 ning hajmiy ulushi quruq tarkibda – 98,0 % dan kam emas; – oltingugurt (vodorod bilan aralashmasi) - 1 mg/dm3 dan ko‘p emas; – yonuvchanligi - 0,005 % dan ko‘p emas; – kislorod - 0,3 % dan ko‘p emas; – AM EA (qorishma) – 15,0 mg/dm3 dan ko‘p emas; – harorati - 45OCdan ortiq emas; – bosimi – 4,8 kPa; Karbamid formaldegid smola (KFS) markasi TU – 113-03-469-80; – Karbamid massa ulushi - 20 - 24 %; – formaldegid massa ulushi - 54-60 % dan ortiq emas; Uglerod (IV) oksidi – bo‘g‘uvchi gaz, nafas olishni qiyinlashtiradi. U po‘lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi. U juda ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Ballonning jumragi ochilganda, suyuq CO2 bug‘lanadi, natijada bir qismi quruq muzga aylanadi. Qattiq CO2 quruq muz deyiladi. Xona haroratida bir hajm suvda tahminan bir hajm CO2 eriydi. Bunda karbonat kislota hosil bo‘lib, jarayon qaytariladi. H2O + CO2 ↔ H2CO3 Bunda muvozanat o‘ng tomonga siljigan, ya’ni juda ham erigan CO2 kislotaga aylanadi. Uglerod (IV) oksidi kislotali oksidlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Shunga qaramay ba’zi metallar undan kislorodni tortib oladi. 2Mg + CO2 =2Mg O+ C Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling