2. Xom-ashyomahsulotlarining tavsifi
Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari
Download 0.75 Mb.
|
javohir423
4. Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari
Karbamid ishlab chiqarish usuli va texnologiyasi 1868 yilda A.I. Bazarov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul ammiak va karbonat angidridning qaytar reaksiyasidan iborat. Jarayon ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda ammoniy karbomat hosil bo‘ladi: 2NH3 + CO2 NH4COONH2 +Q Ikkinchi bosqichda esa karbamid hosil bo‘ladi: NH4COONH2 NH2CONH2 +H2O – Q Karbamid [(NH2)2CO], azotli o‘g‘itlar ichida eng ko‘p miqdorda ozuqa elementini tutib, uning tarkibida 46 - 46,5% azot elementi mavjud. Karbamidning texnik nomi mochevina bo‘lib, u toza holatda rangsiz, hidsiz oq kristall tuzdir. Uning 250C haroratdagi zichligi 1330 kg/m3, 132,7 0C haroratda eriydi. Texnik mahsulot oq yoki sarg‘ish kristall bo‘lib (shakli ignasimon rombik prizma holida), atmosfera bosimida suyuqlanish haroratigacha qizdirilsa, karbamid parchalanadi bunda ammiak ajraladi. Bu jarayonda avval ammoniy sionit, so‘ngra ammiak va sionit kislota hosil bo‘-ladi: (NH2)2CO NH4OCN HOCN +NH3 Sionit kislota karbamid bilan birikib biuret hosil qiladi: HOCN +(NH2)2CO NH2CONHCONH2 Karbamid suvda, spirtda va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. To‘yingan suvli eritma tarkibida 200C haroratda 51,8%, 600C haroratda esa 71,9 %, 1200C haroratdada 95% karbamid bo‘ladi. Karbamid ammiak bilan birikib ammiakat hosil qiladi. Unda 460C haroratda 77,9% karbamid bo‘ladi. Quyida (NH2)2CO - NH3 – H2O to‘yingan eritmaning egri chiziqli poli-termik diagrammasi keltirilgan.Kislotalar bilan karbamid kuchsiz ishqorlar hosil qiladi. Masalan: nitrat (NH2)2CO HNO3 suvda kam eriydi, qizdirilsa portlash bilan parchalanadi; fosfat (NH2)2CO H3PO4 suvda yaxshi eriydi, to‘la parchalanadi. Karbamid tuzlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda har ikki komponent o‘g‘it hisoblanadi. Masalan: Ca(NO3)24(NH2)2CO; Ca(H2PO4)24(NH2)2CO va eng asosiysi karbofosfatlardir (NH2)2COH3PO4. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling