2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР 
1. Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муҳит муҳофазаси ва табиий ресурслардан 
фойдаланишнинг ҳолати тўғрисида // Миллий маъруза. – Тошкент, 2004. 
2. Ўзбекистон Республикасида атроф-муҳит холати ва табиий манбалардан фойдаланиш 
тўғрисида // Миллий маъруза. – Тошкент, 2008. 
3. Ўзбекистон атроф-муҳит ҳолатининг шарҳи // 2-нашр. Бирлашган миллатлар ташкилоти. – 
Нью-Йорк ва Женева, 2010 
4. 
Ўзбекистон миллий энциклопедияси // «М» ҳарфи. – Тошкент, 2000.
 
SHOVQINNI KAMAYTIRISHDA YASHIL ZONALARNING 
AHAMIYATI 
D.D.Usmonov., F.U.Umarov 
Andijon davlat unniversiteti 
Dunyo aholisi sonining ortishi va hozirgi globallashuv davrda 
insonlarning ehtiyohlarini qondirish va turmush tarzini qulaylashtirish 
maqsadida ko’plab texnika vositalari, sanoat korxonalari, yirik inshootlar, 
avtotransport va shu kabi sohalari jadal rivojlanmoqda. Bu jarayonlar 


248 
insonlarga bir tomondan qulayliklar keltirsa, ikkinchi tomondan yangi 
ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shunday muammolardan biri – 
shovqin. Yirik shaharlarda shovqinni kamaytirish dolzarb vazifalardan 
biridir.
Shovqin–inson salomatiligiga, dam olishiga, aqliy mehnat bilan 
shug’ullanishiga va ijod qilishiga salbiy ta’sir qiluvchi tovushlar 
kompleksidir.
Shovqin 
odam organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va turli kasalliklarga 
sabab bo`ladi. Inson organizmiga uzoq vaqt ta`sir etishi natijasida markaziy 
asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yo`llari a`zolari va endokrin 
sistemasining faoliyati buzilishi, quloq og`irligi, karlik paydo bo`lishi 
mumkin. Shovqin ta`sirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat 
unumdorligi pasayadi. Uning ortiqchasi odamni ham jismoniy, ham ma`naviy 
jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20-30 detsibel tovush zararsiz 
hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Qiymati 130 detsibelga teng shovqin inson 
quloqlarida og`riq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin 
bo`ladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi.
XX asr 70-yillarida shahar ko`chalaridagi shovqin 60-70 detsibelni 
tashkil qilgan, XXI asr boshida bu ko`rsatkich 100 detsibel va bundan yuqori 
qiymatga yetdi. 
Respublikamiz shaharlarida shovqinni keltirib chiqaruvchi asosiy 
manba bu avtotransport vositalari. Kun sayin ularning soni ortib bormoqda va 
bunga monand shovqin ko’rsatkichlari ham ko’tarilmoqda. Shovqinlardan 
butunlay qutulishning imkoni yo’q, lekin, ularni kamaytirish mumkin. 
Shovqinning ta’sirini kamaytirish choralari ibtidoiy davrdan boshlangan. 
Buning uchun misgarlar, temirchilar va tunukachilar kechasi ishlashiga yo’l 
qo’yilmagan. Rim diktatori Yuliy Sezar kechalari shaldirab yuradigan 
aravalarni shahar ko’chalarida yurishini ta’qiqlagan. 
Ayni vaqtda shovqin chiqaruvchi manba–avtotarsnportlarni ta’qiqlab 
qo’yishning imkoni yo’q. Shovqinga qarshi kurarshishda quyidagilarga 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: 

aholi ko’p yashaydigan rayonlarni sershovqin transport turi (tramvay, yuk 
avtomashinalari va boshqalar) dan holi qilish; 

tramvay o’rniga trolleybus va avtomabillar ishlatish; 

transport signalini ta’qiqlash; 

yo’l qoplamalarini to’g’ri qurish; 

ko’chalarni to’g’ri planirovkalash; 

sanoat korxonalari, aeroportlar va temir yo’l liniyalarini shahar tashqarisiga 
qurish; 

binolarni tovush o’tkazmaydigan qilib ishlashning hal qiluvchi ahamiyati bor. 
Aholisi zich shaharlarda bu muammoni yechish yanada murakkab. 
Buday joylarda shovqinni kamaytirishning eng muqobil yo’llaridan biri bu – 


249 
o’simliklar qoplamini ko’paytirish. Ta’lim muassasalari, shifoxonalar va 
aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi tashkilot binolari atrofiga yashil himoya 
zonalarini tashkil qilish orqali shovqini kamaytirish imkoni bo’ladi. 
O’simliklar qoplamini kengaytirish bir tomondan shovqinni kamaytirsa, 
ikkinchi tomondan ekologik jihatdan toza muhitni hosil qiladi, insonalarning 
mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Yashil himoya zonalarini tashkil qilish uchun ko’p mablag’ talab 
etmasligi va keltiradigan nafi yuqoriligi bilan boshqa chora-tadbirlardan ajrab 
turadi. O’simlikarning keng barlilarini himoya zonalarida foydalanish fizika 
qonuniyatlariga asosan samaraliqor bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, aholi turar joylarida o’simliklar qoplamini 
kengaytirish, sanoat korxonalarida yashil zonalarni tashkil etish orqqli 
shovqin muammosini hal etish mumkin. Shovqinni kamaytirishning bu usuli 
“ekologik toza” hisoblanib, nafaqat shovqinni, balki atmosfera havosini 
tozalashda ham o’simliklarning o’rni katta.

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling