20-Mavzu. Oziq-ovqat lipidlari va ularni tahlil qilish
Download 205.22 Kb.
|
20-M Oziq-ovqat lipidlari va ularni tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog’larning kaloriyaviyligi 37,6x106 dj/kg, Uglevodlarniki 16,7x106 dj/kg, Oqsillarniki 18,8x106 dj/kg.
- Ayrim yog’lar, moylar va yog’ mahsulotlarining kislota soni
Hayvon va baliqlarda yog’lar asosan ularning teri osti yog’ to’qimalarida yoki bo’lmasa organizm faoliyatida juda faol ishtirok etuvchi organlarni o’rab oladigan yog’ to’qimalarida to’planadi. Ba’zi bir dengiz hayvonlari va baliqlarining jigari ham yog’larga juda boydir. Miya va nerv to’qimalarida ko’pgina glitseridlar, fosfolipidlar va boshqa lipidlar to’planadi. Qoramol, qo’y, echki kabi uy hayvonlari yog’ to’qimlarining 87-90% ni, kit teri osti yog’ to’qimalarining 92-94% ni yog’lar tashkil etadi. Yaxshi boqilmagan yoki kasal hayvonlar yog’ to’qimalarida yog’ miqdori kamayadi. Hayvon organizmi suyuqliklarida yog’ odatda kam bo’ladi. Hayvonlarda va baliqlarda teri ostida, toʻqimalar orasida yig’iladi: osyotr balig’ida 20-25%, seld 10%, choʻchqada 33%, mol goʻshtida 9,8%, Hayvon suti tarkibida yog’ miqdori quyidagicha, (% hisobida): sigir sutida 3,3-5,0%; echki sutida 4,8%; bug’u sutida 17%, fil sutida 20%, kit sutida 46%. kiyik sutida 17%-18%, boʻladi. Ba’zi bir mikroorganizmlarda 60% boʻladi. Organizmda yog’lar birinchi navbatda zahira rolini o’ynaydi. Yog’larning energetik qiymati uglevod va oqsillarning energetik qiymatiga nisbatan katta. Yog’larning kaloriyaviyligi 37,6x106 dj/kg, Uglevodlarniki 16,7x106 dj/kg, Oqsillarniki 18,8x106 dj/kg. Teri osti yog’ to’qimasi o’zining yomon issiqlik o’tkazuvchanligi sababli organizmni sovuqdan saqlaydi. Faol organlarni (yurak, buyrak, ichaklar va h.k.) o’rab oladigan yog’ to’qimalari bu organlarni zarbalar ta’siridan saqlab, o’ziga xos amortizatorlar rolini o’ynaydi. Yog’larning fiziologik ahamiyati ham juda katta. Chunki ular tarkibida erigan holda fosfatidlar, sterinlar, vitaminlar (A,D,E,K) kabi fiziologik aktiv moddalar bo’ladi. O’simliklarning asosan urug’larida va mevalarida to’planadi. Mevalar va urug’lardagi lipidlar Bir qator oziq-ovqat mahsulotlarida yog’ning kislota soni standartlar bilan me’yorlanadi va ularning sifatini tavsiflaydi va shuning uchun kuchli kimyoviy va biologik ta’sir ko’rsatadi. Ayrim yog’lar, moylar va yog’ mahsulotlarining kislota soni
Download 205.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling