2021 umumta’lim maktablarida uyadosh so‘zlarni o‘qitish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 106.43 Kb. Pdf ko'rish
|
umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 292 w www.oriens.uz April 2021 Buni tushuntirish uchun matematik formuladan foydalansak ham bo‘ladi. 1. Ruchka+qalam+daftar=o‘quv qurollari (uyasi). 2. Atirgul+lola+chinnigul=gullar (uyasi). 3. Qasida+g’azal+fard+ruboiy=she’riy janrlar (uyasi) [7, 214] 4. Saxovat+hayo+hilm+adolat=komil inson (uyasi) [12, 6707 ] Yoki mavzuni yanda kengroq tushuntirish uchun quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalansak ham bo‘ladi: 1. Plakatga chizilgan koptok, arg‘imchoq, turnik kabilarni ko‘rsatib, o‘quvchilardan bular nima ekanligini va bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritishimiz mumkinligini so‘rashimiz mumkin. O‘qituvchi: Qani, o‘quvchilar, siz doskada nimalarni ko‘rib turibsiz? Bular nima? O‘quvchilar: koptok, arg‘imchoq. O‘qituvchi: Bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritamiz? O‘quvchilar: Sport anjomlari. O‘qituvchi o‘quvchilar bergan javobni doskaga yozib qo‘yadi. Shu tariqa o‘quvchilarga mavzu iloji boricha soddaroq qilib tushuntiriladi. Shundan so‘ng o‘tilgan mavzuni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar beriladi. Topshiriq. O‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, ularga shahar va davlatlar uyasiga kiruvchi so‘zlarni topish so‘raladi. Bu topshiriqni bajarishda “Nilufargul” texnologiyasidan foydalansak ham bo‘ladi. Buning uchun avval o‘quvchilarga o‘yin sharti tushuntiriladi. Ya’ni doskani ikkiga bo‘lib, ikki tarafga ikkita asos chizamiz va unga 19 tadan gulbargchalar ham chiziladi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi tanlanib olinadi. Har bir o‘quvchiga o‘z nilufargulidagi gulbargchalarni ko‘proq shahar yoki davlat nomlarini yozish tushuntiriladi. Shartni bajarish uchun o‘quvchilarga 2 daqiqa vaqt ajratiladi va o‘yin oxirida g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin: I guruh. Shahar nomlari: Toshkent, Tokio, Rim, London, Nyu-York va boshqalar. II guruh. Davlat nomlari: O‘zbekiston, Xitoy va boshqalar. Bu bilan o‘quvchilarda geografiya bilan ona tili bog‘liqligi aytiladi. Natijada ona tilining qanchalik qudratga ega ekanligi hamda ona tili tushunchalar kaliti ekanligi, usiz hech narsa qilib bo‘lmasligini o‘quvchilarga eslatib o‘tish kerak. Ona tili darslarida uyadosh so‘zlar ustida ishlash, o‘quvchi so‘z zahirasini boyitish, ijodiy tafakkurini kengaytirish muayyan yo‘nalishda izlanish va kashfiyot qilishga yo‘l ochib berish bilan bir qatorda o‘quvchi ongida bir uyaga, bir turga, bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling