2021 umumta’lim maktablarida uyadosh so‘zlarni o‘qitish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 106.43 Kb. Pdf ko'rish
|
umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 296 w www.oriens.uz April 2021 bo‘ladi. Bunda yuqoridagi so‘zlardan foydalanamiz. Ya’ni yuqoridagi uyadosh so‘zlarni asos qilib olamiz va uning atrofida shu uyaga kirvchi boshqa so‘zlarni yozib chiqamiz (bu so‘zlarning barchasi aylana diagramma ichida bo‘ladi). Bunday vositalar o‘quvchilarda ma’lum bir uyaga mansub so‘zarni o‘z xotirasidan ko‘proq qidirib topishga hamda, atrof muhitga shu bilan birga ularni tilimizda qanday ifodalanishiga ko‘proq e’tibor berishimizga omil bo‘ladi. II guruh. O‘quv qurollari: Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 297 w www.oriens.uz April 2021 Bundan tashqari ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilar xotirasida yana ham ko‘proq saqlanishida hamda, bunday so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatib, o‘z so‘z boyligini oshirishga sabab bo‘ladi. Shu tariqa o‘quvchilar navbatdagi topshiriqni bajaradi. Navbatdagi topshiriq esa “Eng yaxshi savol” deb nomlanadi. Chunki endi shart bir oz o‘zgartirilib, guruhlar bir-biriga, o‘zlariga-o‘zlari savol beradilar va eng yaxshi savol bergan guruh aniqlanadi hamda o‘qituvchi har bir shart ballarini hisoblab boradi. Barcha shartlar oxirida eng ko‘p ball yig‘gan guruh aniqlanadi hamda rag‘batlantiriladi. Shart quyidagicha bajarilishi mumkin: I guruh: Uyadoshlik hodisasi bir mazmuniy uyaga mansub bo‘lishi mumkinmi? II guruh: yo‘q. Uyadoshlik faqat bir mazmuniy uyaga mansub so‘zlardir. II guruh: Uyadoshlik hodisasining o‘ziga xos xususiyati nima? III guruh: Bunday so‘zlar xotirada oson saqlanadi va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. III guruh: Uyadosh so‘zlar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? IV guruh: leksikologiya bo‘limida o‘rganiladi. Savol-javoblar shu tariqa davom etadi va har bir guruhning bali o‘qituvchi tomonidan hisoblab boriladi. Bunday topshiriqlar yangi mavzuni takrorlash va bu orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirishga sabab bo‘ladi. Mavzuni yanada mustahkamlash uchun o‘quvchilarga yana quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarishda “Hot cheyr” metodidan foydalanamiz. “Hot cheyr” (qizg‘in stul) metodining mohiyati shundan iboratki, doska oldiga bitta stol qo‘yiladi. O‘quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi. O‘tirgach o‘qituvchi mavzuga oid savollar beradi. Savollar tezkor ko‘rinishida ham, mantiqiy savollar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari stolda o‘tirgan o‘quvchiga boshqa o‘quvchilar ham savollar berishi mumkin. O‘yinda savollar tezkorlik bilan tushunarli qilib berilishi kerak. Savollar qizg‘in tarzda amalga oshirilsa, o‘yin shartiga mos tushadi. Yuqoridagi blit-so‘rov metodining savollarini bersak ham bo‘ladi. Chunki, und savollar tezkorlik bilan berilishini talab qiladigan xarakterdadir. Bu metod o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Ko‘pincha o‘quvchilarda doskaga chiqqanda hayajonlanish tufayli savolga javob bera olmaslik holati ham kuztiladi. Aynan shuni oldini olishda “Hot cheyr” metodi qo‘l keladi. O‘quvchilar stolga o‘tirib hayajonlarini bosib olgan holda, savollarga javob berishlari mumkin. Shu tariqa bir necha bosqichlardan iborat bo‘lgan o‘yin yakunlarini va eng faol guruh hamda ushbu guruhdagi eng a’lochi o‘quvchi aniqlab olinadi va rag‘batlantiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling