2021 umumta’lim maktablarida uyadosh so‘zlarni o‘qitish


Download 106.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana09.11.2023
Hajmi106.43 Kb.
#1759055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
289 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA UYADOSH SO‘ZLARNI O‘QITISH 
 
Sirojiddin Pardayev 
SamDU magistranti 
 
Annotatsiya: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida uyadosh so‘zlar 
berilgan. Lekin uyadosh so‘zlar haqida boshlang‘ich sinflarda ma’lumot berilmagani 
uchun bu mavzu o‘quvchilarga ozroq qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Chunki bu ular 
uchun yangi tushunchadir. 
Bu mavzu o‘qituvchining bayoni, metodi asosida olib boriladi. Chunki, 
o‘quvchilar bunday tushunchaga quyi sinflarda ega bo‘lmaydi. Shuning uchun 
o‘qituvchi o‘quvchilarga sodda, aniq, ravon qilib batafsil tushuntirishi kerak. 
Uyadosh so‘zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa, harakat ma’nolarini 
ifodalaydigan, bir mazmuniy guruhga mansub bo‘lgan so‘zlardir. Masalan: 
Kiyimlar: ko‘ylak, shim, kastum, do‘ppi.
Ranglar: oq, sariq, qizil, yashil. 
Ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig‘lamoq, kulmoq, xo‘rsinmoq. 
 
Uyadosh so‘zlar ham xuddi ma’nodosh so‘zlar (ma’nodosh so‘zlar 
o‘quvchilarga ma’lum, u haqida yetarlicha tushunchalari bor) kabi 
umumlashtiruvchi so‘zlarga ega. Faqat bunda stilistik bo‘yoqdorlik e’tiborga 
olinmaydi, balki bir xil tushunchani ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misoldagi 
buyumlar kiyim so‘ziga e’tibor bersak, hamma buyumlarni anglatuvchi ma’no 
xususiyatiga ega. Demak, ularda umumiy ma’no tashuvchi so‘zlar o‘quvchilarni 
diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan 
so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi. Ushbu maqola mana shu haqda.

Download 106.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling