2021 umumta’lim maktablarida uyadosh so‘zlarni o‘qitish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 106.43 Kb. Pdf ko'rish
|
umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 293 w www.oriens.uz April 2021 guruhga mansub so‘zlar majmusi va ularni ajratib alohidalab leksik-semantik qurshov haqida ilk nazariy tushunchalar hosil qiladi. Bilimlarni mustahkamlash uchun “Bugungi darsning eng faol guruhi va eng a’lochi o‘quvchisi” o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun eng avvalo, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib olamiz. Tahminan 5-6 guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiq. Eng yaxshi guruh va eng yaxshi o‘quvchini aniqlash uchun o‘quvchilarni bir necha xil topshiriqlarni bajarish asnosida aniqlab olamiz. O‘quvchilarga quyidagi shartlar e’lon qilinadi: 1. Blits-so‘rov. 2. Zinama-zina. 3. Eslab qol. 4. Klaster. 5. Eng yaxshi savol. 6. Hot cheyr. I bosqich. Blits-so‘rov metodi. Bu metodda o‘quvchilarga savollar beriladi. Ular savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob beradilar. Shuning uchun savollarni umumiy so‘roq gaplar ko‘rinishida berish kerak. Metodning ahamiyatli tomoni shundaki, yangi mavzu o‘tilganda shu darsning o‘zidayoq o‘quvchilarning mavzuni qay darajada tushunganliklarini bilish mumkin. Bu metodda savollarga javob berish o‘quvchilarga unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Savollar: O‘qituvchi: Uyadosh so‘zlar leksikologiyada o‘rganiladimi? I guruh a’zosi: ha. O‘qituvchi: Uyadosh so‘zi “qarama-qarshi” degan ma’noni bildiradimi? II guruh a’zosi: yo‘q. O‘qituvchi: Uyadoshlik hodisasi turli xil so‘z turkumi doirasida uchraydimi? III guruh a’zosi: yo‘q. O‘qituvchi: Atirgul, rayxon so‘zlariga yovvoyi gullar so‘zi uyaboshi bo‘la oladimi? IV guruh a’zosi: yo‘q. O‘qituvchi: Uyadosh xotirada oson saqlanishiga yordam beradimi? V guruh a’zosi: ha. O‘qituvchi: Uyadosh so‘zlar atamasi yunonchadan olinganmi? VI guruh a’zosi: yo‘q. Bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning uyadoshlik hodisasi haqidagi bilimlarini oshiradi va ularda fikrlash qobiliyatini, topqirlik, zukkolik kabi xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. O‘quvchilar olgan bilim va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling