2022 seminar mashg‟ulotlarning ta‟lim texnologiyasi


Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli


Download 60.25 Kb.
bet6/8
Sana21.01.2023
Hajmi60.25 Kb.
#1107271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nasullayeva Nilufar (1)

Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tatbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko‘pqirra, ko‘pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko‘rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib, o‘zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglay borib, o‘z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o‘ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab olgandir.
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo‘lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Umumumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik prinsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o‘zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalar. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. Umumiy psixologiyadagi bu bo‘linish shartli ravishda amalga oshirilgan bo‘lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning jarayoniy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi, xolos. Psixik holat tushunchasi psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z ifodasini topadi. Umumiy psixologiyadan boshqa sohalar, bilimlar asos sifatida foydalaniladi, xuddi shu boisdan u universal xususiyat kasb etadi.



Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling