2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni
Eshitildi: P.Otaqulov – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Download 298.5 Kb.
|
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни
Eshitildi: P.Otaqulov – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha birinchi prorektor. P.Otaqulov universitetda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Korrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 2021 yilda jami 386 ta tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, 2022 yilning 10 oyida 337 ta profilaktik tadbirlar tashkillangan. Shundan, prokuratura idoralari bilan hamkorlikda 20 ta, ichki ishlar idoralari bilan 174 ta, diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tashkilotlar bilan hamkorlikda 76 ta tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, giyohvandlik, odam savdosi kabi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha 73 ta, yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish bo‘yicha 116 ta tadbir tashkil etildi. Yil boshidan diniy soha mutaxassislari va imom-xatiblar ishtirokida 60 dan ortiq, jumladan talabalar turar joylarida 30 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat”, “Biz sog‘lom fikrlaymiz!” kabi mavzularda 130 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkillandi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv yili boshidan 43 ta tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, ijarada yashayotgan 2 752 talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, uch toifaga ajratildi. Yashash sharoiti “qizil” toifada bo‘lgan 154 nafar talabalar sharoiti yaxshi xonadonlarga hamda 13 nafar talaba-qizlar TTJga joylashtirildi. Shuningdek, ijarada yashayotgan barcha talabalar bo‘yicha uch tomonlama (MFY raisi, profilaktika inspektori va tyutor) dalolatnomalar shakllantirildi. Yil boshidan korrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi 14 nomdagi tanlov o‘tkazilib, 2000 nafardan ortiq talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari o‘tkazilgan tanlovda 450 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Joriy o‘quv yili oktabr-noyabr oylari davomida fakultetlarda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish”, “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida 14 ta o‘quv seminar-trening tashkil etilib, 4051 nafar talaba ishtirokida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shuningdek, 1-14 noyabr kunlari talabalar o‘rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” va “Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori” mavzularida insholar tanlovlari o‘tkazildi. Yuqoridagilar bilan birgalikda, 2022-yil 15-19-noyabr kunlari “Xavfsizlik kamari – hayot garovi”, “Umr – tezlikdan muhimdir” mavzularida yo‘l harakati xafvsizligi profilaktikasi barcha fakultetlarda 27 ta tadbirlar o‘tkazildi. 2022 yilning 10 oyi davomida ijtimoiy-ma’naviy, psixologik muhitni o‘rganish maqsadida 7 ta so‘rovnomalar o‘tkazildi. So‘ronoma natijalari tyutorlar bilan o‘tkazilgan seminarlarda tahlil etilib, tegishli vazifalar asosida ishlar olib borilmoqda. Universitet psixologi tomonidan talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish maqsadida 2022-yil oktabr oyida 1887 nafar talabalardan so‘rovnoma o‘tkazilib, natijalar tahlil qilindi. Universitetda profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaramasdan 2022-yilning Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling