Fakultet dekanlariga:
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasidagi “Ustoz-shogird” tizimi asosidagi faoliyatini tanqidiy o‘rganib borish, ijrosini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
talabalarning davomatini nazorat qilish, uzoq muddat dars qoldirgan talabalar bilan ishlashni tizimli tashkil etish;
2023-yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha fakultet “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish;
jinoyat va huquqbuzarlik sodir etib, o‘qishni davom ettirayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan doimiy muloqotni olib borish, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilsin.
7. Ushbu qaror ijrosining nazorati yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor P.Otaqulov zimmasiga yuklatilsin.
3-masala. O‘qitishning kredit-modul tizimi joriy etilishi holati hamda talabalar
mustaqil ta’limini tashkil etishdagi asosiy vazifalar to‘g‘risida.
Eshitildi: A.Tojaliyev – o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i.
A.Tojaliyev universitetda 2022-2023 o‘quv yilida kredit-modul tizimining joriy etilishi haqida axborot berdi. Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyruqlarida belgilangan vazifalar asosida amaliyotga kiritilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |