2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Universitetda kredit-modul tizimini joriy etish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi


Download 298.5 Kb.
bet7/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

Universitetda kredit-modul tizimini joriy etish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro va milliy OTMlarning tajribasi, ular tomonidan tizim faoliyatini amalga oshirishda qo‘llanilayotgan meyoriy va ishchi hujjatlar, jarayondagi o‘ziga xosliklar o‘rganilib, 1 va 2-kurslarning o‘quv rejalari takomillashtirildi;
universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi yetakchi mutaxassislari tomonidan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug‘idagi talablar asosida ishlab chiqildi;
kafedralar tomonidan tanlov fanlar katalogini shakllantirishda ilg‘or xorijiy tajribasi va ish beruvchilarning talablari inobatga olindi hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining 1 va 2-kurslari bo‘yicha o‘quv rejalari belgilangan tartibda tasdiqlandi;
fanlar bo‘yicha fanning o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, sillabuslar tayyorlandi va o‘quv jarayoniga joriy etildi;
talabalarning kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilishni tartibga solish maqsadida soha mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan talabalarning ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilish tartibi ishlab chiqildi;
kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning innovatsion metodlarini tahlil qilish, talabaning mustaqil ishini rejalashtirish, pedagoglar faoliyatini hamda o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida vazirlikda tashkil etilgan trenerlik kurslarini o‘tagan 11 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan fakultetlarda seminarlar o‘tkazildi;
2022-2023 o‘quv yilining boshida 1-kurs talabalari hamda ularning ota-onalari uchun kredit-modul tizimi hamda ta’lim jarayonini boshqarish elektron tizimi (HEMIS) da ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar, tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi;
muntazam ravishda talaba va magistrantlarga kredit-modul tizimi hamda ta’lim jarayonini boshqarish elektron tizimi (HEMIS) da ta’lim olish bo‘yicha seminar-treninglar fakultet, kafedra va guruhlar kesimida o‘tkazilib kelinmoqda;
ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida yakuniy nazorat savol va topshiriqlari HEMIS tizimiga joylashtirilib, yakuniy nazoratlar bo‘yicha natijalarni elektron olish yo‘lga qo‘yildi;
2022-2023-o‘quv yili ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalari xorijiy oliy ta’lim muassasalarni o‘quv rejalaridagi mos fanlar bilan boyitildi;
ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkillashda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Tojaliyev, mazkur boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari V.Jo‘rayev, raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i M.Mirzaraximov, ta’limni kredit-modul tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassislari M.Abdumannopov hamda M.Qurbonovlar 2022-yil 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahriga xizmat safariga yuborildi.
Sohada faoliyatni takomillashtirish, innovatsiyalarni faol jalb etish maqsadga muvofiq.
Mazkur masala yuzasidan

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling