2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Download 298.5 Kb.
bet9/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

2 nafar, 2022-yilda 7 nafar tadqiqotchilar qabul qilingan. Jami 110 nafar tayanch doktorantlarning 21 nafari 2022-yil muddatidan oldin dissertatsiya ishini himoya qildilar va 3 nafar tayanch doktorant dissertatsiya ishini ilmiy kengashga topshirgan hamda 2 nafar tayanch doktorant dissertatsiya himoyasi arafasida.
3-kurs tayanch doktorantlarning 3 nafari dissertatsiya ishini yakunlamagan.
Bugungi kunda mustaqil izlanuvchilik institutida 103 nafar tadqiqotchilar (100 nafar (PhD), 3 nafar (DSc) ilmiy izlanish olib bormoqdalar. 1-bosqich mustaqil izlanuvchilardan 1 nafari, 2-bosqich mustaqil izlanuvchilardan 3 nafari, 3-bosqich mustaqil izlanuvchilardan 4 nafari o‘z dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish kvotalariga asosan tayanch doktoranturaga 37 ta ixtisoslik bo‘yicha ajratilgan 80 ta o‘ringa jami 315 nafar, doktorantura (DSc)ga 7 ta ixtisoslik bo‘yicha ajratilgan 7 ta o‘ringa jami 11 nafar, stajyor-tadqiqotchilik uchun ajratilgan 7 ta o‘ringa 6 nafar talabgor hujjat topshirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2022 yil 18 noyabrdagi “2023-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (PhD/DSc) hamda stajyor-tadqiqotchichilik institutiga o‘qishga qabul qilishda tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilinib, qator talablar belgilandi.
Universitetning 2022 yil 16 noyabrdagi “Imtihon komissiyasini tuzish va imtihon o‘tkazish to‘g‘risida”gi 512-sonli buyrug‘i asosida universitetda 2022 yil 14-20 dekabr kunlari oralig‘ida tayanch doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish sinovlari o‘tkaziladi.
Tayanch doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish imtihonlarining dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni tasdiqlash taklifi kiritiladi.

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling