QAROR QILINDI:
1. B.Ahmedov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Uzumchilik kovorking markazi” loyihasi 200 mln so‘mga, “Anorchilik va uzumchilik kovorking markazi” loyihasi 200 mln so‘mga hamda “Qora sedana yetishtirish hamda qayta ishlash texnologiyasini joriy etish” loyihasi 21 mln so‘mga amalga oshirilgani inobatga olinsin.
3. Loyihalarni tashkillashdan tejab qolingan 621 mln so‘m pul mablag‘larini “Chorvachilik kovorking markazi” loyihasi faoliyatini rivojlantirish uchun yo‘naltirish bo‘yicha taklif ma’qullansin.
4. “FarDU-innovation” unitar korxonasi rahbari S.G‘ulomov va “Chorvachilik kovorking markazi” rahbari B.Boboyevga:
loyihalarni tashkillashdan tejab qolingan va “Chorvachilik kovorking markazi” loyihasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash;
“Chorvachilik kovorking markazi” faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish uchun takliflar kiritish;
loyihani kengaytirish uchun zarur chorva hayvonlari, xom-ashyo, texnika va asbob-uskunalar sotib olishga qaratigan xarajatlar smetasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
5. Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi (E.Nishonov) amaliy loyihalar faoliyati bo‘yicha doimiy monitoring yuritsin va nazorat o‘rnatsin.
6. Quyidagi ilmiy loyihalar faoliyatini tashkil etishga ruxsat berilsin va nizomlarini tasdiqlansin:
“Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” loyihasi;
“Yosh ijodkorlar laboratoriyasi” loyihasi;
“Zanimatelniy russkiy yazik” loyihasi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani B.Baydjanovga 1 hafta muddatda yuqoridagi loyihalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish topshirilsin.
7. Ushbu qaror ijrosining nazorati ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov zimmasiga yuklatilsin.
4.3-masala. Ijodiy ta’til berish to‘g‘risida.
Eshitildi: B.Ahmedov– ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
boshlig‘i
B.Ahmedov ijodiy ta’til olish maqsadida hujjat taqdim etgan talabgorlar bilan tanishtirdi. Filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari G‘iyosiddin Abduvahobov, musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi Akmaljon Sultonov tomonidan (PhD) dissertatsiyasi yakuniy bosqichga kelganligi sababli ishni yakunlash uchun ijodiy ta’til berish so‘ralgan.
Ijodiy ta’til olish bo‘yicha zarur hujjatlar yig‘ma jildi shakllantirilgan bo‘lib, talabgorlarga ijodiy ta’til berish taklifi kiritildi.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Mazkur masala yuzasidan
QAROR QILINDI:
1. B.Ahmedov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
11-martdagi 133-sonli qarori 7-ilovasiga asosan filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari G‘iyosiddin Abduvahobov, musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi Akmaljon Sultonovlarga ilmiy ishining muhimligi, dissertatsiyani ta’til vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda, 2022-yil 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar 1 (bir) oy muddatga ijodiy ta’til berilsin.
3. Talabgorga dissertatsiya ishini belgilangan muddatda yakunlash, kafedra muhokamasidan o‘tkazish hamda bajarilgan ishlari yuzasidan ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limga hisobot taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
4. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Jumaboyevga mazkur qarorni buyruq bilan rasmiylashtirish topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosi nazorati ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |