2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Download 298.5 Kb.
bet8/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

QAROR QILINDI:
1. A.Tojaliyev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga to‘liq joriy etish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Shukurov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Tojaliyevga:
universitetda akademik faoliyat va registrator ofisini tashkil etish, uning tarkibida tegishli bo‘limlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda faoliyat jarayonini bosqichma-bosqich kengaytirib borish;
universitetda 1 va 2-kurs talabalarining yakuniy nazoratlarini o‘quv-uslubiy boshqarma va nazorat qiluvchi bo‘linmalari kuzatuvi ostida o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmachilik (plagiat)ning oldlini olish;
professor-o‘qituvchilarning kredit-modul va HEMIS tizimida ishlash ko‘nikmalarini boyitib borish choralarini ko‘rish vazifalari topshirilsin.
3. Fakultet dekanlari, kafedra mudirlariga:
professor-o‘qituvchilarning kredit-modul tizimini to‘liq o‘rganishlarini ta’minlash;
mashg‘ulotlarni kredit-modul tizimi talablari asosida tashkillash hamda o‘quv-meyorriy hujjatlarining mazkur tizimga muvofiqligini nazorat qilib borish;
o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarning professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘z muddatlari HEMIS tizimiga kiritilib borilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosining nazorati o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.


4. Turli masalalar.
4.1-masala. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati tahlili va 2023-yil uchun qabul
natijalari.
Eshitildi: B.Ahmedov– ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
boshlig‘i
B.Ahmedov universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son, 2020-yil
6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli,
2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli, 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda vazirlikning tegishli hujjatlari asosida yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.
Universitetda tayanch doktorantura (PhD)ga 2020-yilda 28 nafar,
2021-yilda 25 nafar, 2022-yilda 57 nafar, doktorantura (DSc)ga 2021-yilda

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling