2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Download 298.5 Kb.
bet5/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

2 hafta muddatda “Ijtimoiy faollik indeksi”ni amaliyotga to‘liq joriy etish va “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy materillar ishlab chiqish;

  • 2023-yilda universitetning jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Farg‘ona viloyati ichki-ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish, tasdiqlash hamda firibgarlik, yo‘l transport hodisasi, o‘zganing mulkini talon-taroj qilish, ekstremizmga qarshi kurashish, kiber jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish;

  • universitetda tahsil olayotgan ijtimoiy xavfli guruhga kiruvchi jinoyatchilik, huquqbuzarlik, suitsidga moyil, ijtimoiy-moddiy ahvoli og‘ir, og‘ir ruhiy holatda bo‘lgan, xulq atvorida og‘ishlar kuzatilayotgan, darslarga vaqtida kelmaydigan, oilaviy muammolari mavjud bo‘lgan talabalar bilan individual, psixokorreksion ravishda “yakka suhbat” amaliyotini yanada kuchaytirish orqali umumprofilaktik ishlarni samarali olib borish;

  • 3 kun muddatda talabalar turar joylarida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ochiq-muloqotlar o‘tkazib borish;

  • tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda internet tarmog‘ida zararli axborotlar tarqatishning huquqiy oqibatlari, inson ongiga ta’siri, shuningdek soxta profil orqali sodir etilayotgan jinoyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borish;

  • professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomalarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, natijalar asosida navbatdagi vazifalarni belgilash;

  • jinoyat va huquqbuzarlik sodir etib, o‘qishni davom ettirayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan doimiy muloqotni olib borish, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.

    1. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Turaxanovga:

    • korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomalarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, natijalarni tahlil qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritib borish;

    • 2022-yil 7-dekabrga rejalashtirilgan “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni yuqori saviyada tashkil etish;

    • 2023-yilda universitetda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Farg‘ona viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlash;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetlar kesimida reyting tizimi natijalari bo‘yicha universitet kengashida axborot berib borish yuklatilsin.


    1. Download 298.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling