2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Download 298.5 Kb.
bet10/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

Ko‘rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI:
1. B.Ahmedov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida amalga oshirilgan ishlar inobatga olinsin.
3. Tayanch doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish imtihonlarining dasturlari tasdiqlansin.
3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti faoliyati samaradorligin oshirish maqsadida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirovga:
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga kafedralar ehtiyojidan kelib chiqib, qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun yetakchi oliy ta’lim muassasasi, ilmiy tadqiqot institutlaridan maqsadli kvotalar ajratish uchun takliflar kiritish;
doktoranturada tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash;
tegishli kafedralar bilan birgalikda doktorantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z muddatida himoya qilishlarini ta’minlash;
mazkur qaror ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.


4.2-masala. Ilmiy loyihalar faoliyati to‘g‘risida.
Eshitildi: B.Ahmedov– ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
boshlig‘i
B.Ahmedov universitetda faoliyat olib borayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son Qaroriga muvofiq universitetda 2022-yil yakunigacha bajarilishi belgilangan 16 ta ilmiy-innovatsion loyihalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyihalarni amalga oshirish davomida rejalashtirilgan mablag‘larning ma’lum qismi universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, texnopark va tajriba ustaxonalaridan, mavjud moddiy-texnik bazasidan foydalanish natijasida tejashga erishildi. Jumladan,
Uzumchilik kovorking markazi” loyihasi (umumiy qiymati 500 mln so‘m) universitetning ichki imkoniyatlaridan foydalanilishi natijasida 200 mln so‘mga amalga oshirildi va 300 mln so‘m pul mablag‘lari tejaldi;
Anorchilik va uzumchilik kovorking markazi” loyihasi (umumiy qiymati 500 mln so‘m) universitetning ichki imkoniyatlaridan foydalanilishi natijasida 200 mln so‘mga amalga oshirildi hamda 300 mln so‘m pul mablag‘lari tejaldi;
Qora sedana yetishtirish hamda qayta ishlash texnologiyasini joriy etish” loyihasi (umumiy qiymati 41 mln so‘m) universitet ichki imkoniyatlaridan foydalanilishi natijasida 20 mln so‘mga amaliyotga tadbiq etildi va 21 mln so‘m pul mablag‘lari tejaldi.
Yuqorida keltirilgan loyihalardan jami 621 mln so‘m mablag‘ tejab qolindi.
Universitetda tashkil etilgan “Chorvachilik kovorking markazi” loyihasi umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lib, ushbu loyihani yanada rivojlantirish va kengaytirish, naslli chorva hayvonlarini sotib olish, yem-xashak va boshqa markaz uchun zarur inventarlarni sotib olish va faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish uchun qo‘shimcha pul malag‘lari talab etiladi. Ushbu zaruratni inobatga olib, loyihalardan tejalgan 621 mln so‘m pul mablag‘larini “Chorvachilik kovorking markazi” loyihasiga yo‘naltirish, markazning moddit-texnik bazasini mustahkamlash, chorvachilikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilar bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-5847-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar va yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida quyidagi ilmiy loyihalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi:
“Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” loyihasi;
“Yosh ijodkorlar laboratoriyasi” loyihasi;
“Zanimatelniy russkiy yazik” loyihasi.
Loyihalardan tejalgan 621 mln so‘m pul mablag‘larini “Chorvachilik kovorking markazi” loyihasiga yo‘naltirish, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida tashkil etilgan loyihalar faoliyatiga ruxsat berish takliflari kiritildi.
Takliflar bir ovozdan ma’qullandi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling