21-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
Download 126 Kb.
|
21-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
21-Mavzu AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASIReja: 21.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari. 21.2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi. 21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi. Tayanch iboralar: Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar, o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash, jamlovchi ko`rsatkichlar, aholi daromadlari, aholi xarajatlari va iste`moli, aholining pul jamg’armalari, yig’ilgan mulk va turarjoy, aholining ijtimoiy tabaqalanishi, aholining kam ta`minlangan qatlami. 21.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari. Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o`rtacha va median ko`rsatkichlarda o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tuzishga qo`yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko`rsatkichlarning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch xil yo`nalishda o`rganish mumkin: barcha aholiga nisbatan; uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; har xil daromadga ega bo`lgan uy xo`jaliklariga nisbatan. Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon`yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to`liq ishlangan. Uning 7 bo`limida 39 ta ko`rsatkich keltirilgan: Jamlovchi ko`rsatkichlar. Aholi daromadlari. Aholi xarajatlari va iste`moli. Aholining pul jamg’armalari. Yig’ilgan mulk va turarjoy. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi. Aholining kam ta`minlangan qatlami. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimining oxirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish. Turar joy sharoitlari. Ta`lim va san`at. Mehnat sharoiti va bandlilik. Aholining daromadlari va xarajatlari. Yashash qiymati va iste`mol baholari. Transport vositalari. Dam olishni tashkil etish. Ijtimoiy ta`minot. Insonning erkinligi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling