21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
Ijtimoiy sohalari. Cho’l sharoitida ijtimoiy infratuzilma tizimini mukammal
yaratish, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Sababi, bu xududda yashovchilar kachondir boshqa tuman va viloyatlardan kuchib kelgan, binobarin, ularning mukim yashashi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish katta ahamiyatga ega. Chakana savdo aylanmasining salmog’i bo’yicha Guliston shahri (viloyat jamiga nisbatan 37,0 %), Sirdaryo tumani (16,0 %) yetakchi. Shu bilan birga, Yangier shahri hamda Sardoba va Boyovut tumanlarining ulushi ham kattaroq. Pullik xizmatlarning ham qishloq tumanlari va shaharlari bo’yicha taksimlanishi har xil: bunda Guliston shahrining mavqei yanada baland- 58,6 %. Demak, bu soha mintaqada o’ta markazlashgan. Viloyat markazidan tashqari pullik xizmatlar hajmi Sirdaryo tumanida ham kattaroq ulushga ega (10,6 %). Ammo aholining jon boshiga hisoblaganda mutlaqo boshqacha xulosalarga kelish mumkin. Masalan, Sardoba tumanida bu ko’rsatkich eng past, aksincha, Gulistonda u eng yuqori. Cho’l sharoitida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga katta e’tibor beriladi. Viloyat bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 80,6 foizga teng. Guliston shahrida u 92 %, Boyovut va Mirzaobod tumanlarida ham vaziyat ancha yaxshi. Biroq, boshqa hududlarda, xususan Shirin shahri, Okoltin hamda Sayxunobod tumanlarida u qoniqarli darajada emas.Tabiiy gaz bilan ta’minlanish - 78,8 %. Guliston, Yangier va Shirin shaharlari hamda Sirdaryo tumani xonadonlari gaz bilan 90-100 foiz ta’minlangan. Pastrok ko’rsatkichlar esa Xovos va Boyovut (71,7 %) hamda Sayxunobod (71,2 %) tumanlarida ko’z atiladi.Sirdaryo viloyatida jami 38 ta tibbiyot muassasalari mavjud. Har 10 ming kishiga 46,6 ta bemor o’rinlari, 20,5 ta vrachlar va 153,5 nafar o’rta tibbiyot xodimlari to’g’ri keladi.(2018y). Transporti Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling