22-mavzu. Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash


Download 210.5 Kb.
bet1/9
Sana20.08.2023
Hajmi210.5 Kb.
#1668647
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga


22-mavzu. Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash
1. Logistika tizimini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ob’ektiv zaruriyati, yo‘nalishlarii va shakllari.
2. Respublikada logistika tizimini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
3. Transport logistikasi tizimini tartibga solish va boshqarish mexanizmlari.
4. Transporit logistikasi faoliyatini litsenziyalash tartibi.


1. Logistika tizimini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ob’ektiv zaruriyati, yo‘nalishlarii va shakllari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabr, “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida 308-sonli qarorida 2014-2015-yillar davrida Toshkent shahrida shahar yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleks dasturi tasdiqlangan. Dasturda: Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini, Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganib chiqishni tizimli asosda amalga oshirish, rusumi va sig‘imi bo‘yicha harakat tarkibining oqilona sonini va ish rejimini aniqlash.


Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun to‘lanadigan davlat boji mablag‘larining bir qismini Toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (yuk tashuvlari bo‘yicha) va shaharda yo‘lovchilar tashuvlarini rivojlantirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish.
Harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish:
- yo‘nalishli taksilarning 4 ta yo‘nalishini bosqichma-bosqich yopish, 18 ta yo‘nalishning uzunligini qisqartirish va 15 ta yo‘nalishning harakatlanish sxemasini o‘zgartirish, yo‘nalishli taksilar bir-birini takrorlashini bartaraf etish; 
- sutkaning turli vaqtida yo‘lovchilar oqimi intensivligiga va sutkaning turli vaqtida yo‘lovchilar oqimi intensivligiga va shahar ko‘chalarining o‘tkazish layoqatiga qarab bir yo‘nalishda katta va o‘rtacha sig‘imli avtobuslardan samarali foydalanish; 
- bo‘sh qatnovlarni kamaytirish, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar qatnov yo‘nalishlarining metropoliten stansiyalari va elektr transportining oxirgi punktlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash; 
- yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan yo‘nalishlarda “Mercedes-Benz” avtobuslarini 17 ta “Isuzu” avtobuslariga almashtirish hisobiga, zarar ko‘ruvchanligi mavjud avtobus yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish.
Oxirgi yo‘nalishlarda transport vositalari kelishi va ketishi vaqtini qayd etadigan elektron terminallar, shuningdek har bir to‘xtash punktida avtobus yo‘nalishlarining ish rejimini, aniq jadvalini va harakatlanish oraliqlarini aks ettiruvchi ma’lumot beruvchi tablo o‘rnatgan holda jadvalga va harakatlanish oraliqlariga rioya qilish intizomini kuchaytirish.
Avtobus saroylari tarkibida yo‘lovchilarni yo‘nalishli taksilarda tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish, ularni malakali haydovchilar va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi talablariga javob beradigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan butlash.
Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish yo‘li bilan xarajatlarni hisobga olishni takomillashtirish
Belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazish yo‘li bilan “Toshavtota’mirxizmat” UK orqali harakatlanadigan tarkib uchun ehtiyot qismlar va materiallarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish mexanizmini joriy etish yo‘li bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish
Yo‘lovchilar tashish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirish maqsadida avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli xizmatlarning boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish
Aholiga va tashkilotlarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish yo‘li bilan shahar jamoat transporti korxonalarining moliya-xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshirish, foydani shaharda yo‘lovchilar tashishdan ko‘rilgan zararlarni qisman qoplashga yo‘naltirish
Liniyadagi pul tushumining real prognozini aniqlash maqsadida shahar yo‘lovchi tashish transportining har bir yo‘nalishi bo‘yicha xronometrajni tizimli asosda o‘tkazish
Axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda aholi uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, transport vositalari harakati oraliqlariga va yo‘nalishlar harakati jadvallariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydigan (GPS) joriy etish yo‘li bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti ishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning shahar yo‘lovchilar tashish transporti ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari, shikoyatlari va takliflari bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish uchun SMS xabarlarini qabul qilish
“Toshshahartransxizmat” AK tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash: 
haydovchilar tarkibining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan, harakatlanish xavfsizligi va maromiga rioya etishdan, faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishdan, avtotransport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun mehnatga haq to‘lash fondi tarkibidagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning rolini kuchaytirish; 
rahbarlarning va ijro etuvchi apparat boshqaruv xodimlarining idoraviy mansub tashkilotlar xo‘jalik faoliyatining pirovard natijalari hamda shahar transportining barqaror ishlashini tashkil etish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish.
Texnik vositalarni, shu jumladan transport vositalari soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy etish
Navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan ta’minlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish
Yo‘l varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash bo‘yicha dasturiy ta’minot joriy etilishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish



Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling