Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan
moliyalashtirilmaydigan ish
beruvchilarda ishlaydigan ota-onasidan biriga, vasiysiga
qisqartirilgan ish vaqti
davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi
tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki
hujjatlarda belgilanishi mumkin.
398-modda. Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan
mashg‘ul shaxslarga to‘liqsiz ish vaqti belgilash
Ish
beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti
yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini
bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga
oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish
vaqti belgilashi shart.
399-modda. Qo‘shimcha dam olish kuni
O‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan
bolani tarbiyalayotgan ota-
onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu
vaqt uchun bir kunlik ish
haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.
400-modda. Homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: