24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


-modda. Bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

405-modda. Bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash 
ta’tillari 
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, 
unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr 


uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
tartibda nafaqa to‘lanadi. 
Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni 
parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi. 
Ushbu 
moddaning
 birinchi
 va 
ikkinchi 
qismlarida 
ko‘rsatilgan 
bolani 
parvarishlash ta’tillaridan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda 
parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysi ham to‘liq yoki 
qismlarga bo‘lib foydalanishi mumkin. 
Ayol yoki ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar xohishiga 
ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili vaqtida to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish 
beruvchi bilan kelishuv bo‘yicha uyda ishlashi mumkin. Bunda ushbu 
moddaning 
birinchi qismiga 
muvofiq ularning nafaqa olish huquqi saqlab qolinadi. 
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. 
Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan 
mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi. 
Kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar 
jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash 
ta’tillari vaqti kiritilmaydi. 
406-modda. Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy 
qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar 
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan 
xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola 
tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan 
ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar 
qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam 
bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi. 
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan 
xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani 
parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch 
yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling