24-bob. Umumiy qoidalar 388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi


-modda. Uch yoshgacha bo‘lgan bolasi bor xodim bilan mehnat


Download 73.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana06.11.2023
Hajmi73.66 Kb.
#1751535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
389-411

409-modda. Uch yoshgacha bo‘lgan bolasi bor xodim bilan mehnat 
shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar 
Uch yoshgacha bolasi bor ayol yoxud uch yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz 
tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga 


ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 
1

4
 va 
5-
bandlarida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan xodimlar bilan mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi 
saqlanib qoladi. 
Bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim 
bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab 
turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish 
beruvchining tashabbusiga ko‘ra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining
 3-
bandiga 
muvofiq bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
410-modda. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga 
kafolatlar berish sharti 
Ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan 
mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qo‘shimcha kafolatlar 
nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan 
mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni 
(ish joyidan ma’lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, ona va oilaviy 
vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb 
topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum 
qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish 
joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak. 
Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan 
mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan 
foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga 
mazkur kafolatlar berilmaydi. 

Download 73.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling